Nazariy o'rganib, amaliy ko'nikma hosil qilishdi

81

Jizzax viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashida bo'lib o'tgan davra suhbatini viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi ­Nusratilla Pardaev kirish so'zi bilan ochib, ishtirokchilar e`tiborini davlatimiz tomonidan xotin-qizlar va yoshlarning huquq va manfaatlarini, shuningdek, bandligini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan huquqiy asoslarga qaratdi.

Tadbirda O'zbekis­ton kasaba uyushmalari Federasiyasi mehnatni muhofaza qilish bo'limi mudiri Nodira Karimova xotin-qizlar, yoshlar va bolalar mehnatiga oid muhim xalqaro konvensiyalar, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan munosib mehnat sharoitlari, qo'shimcha imtiyoz va kafolatlar, shuningdek, mehnat muhofazasiga oid ma`ruzasida muhim ma`lumotlarni keltirib o'tdi.
Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi Nazira Muxtorova keyingi yillarda viloyatda ayollar va yoshlar uchun yaratilayotgan yangi ish o'rinlari, tadbirkorlik, uy-joy uchun berilayotgan imtiyozli kreditlar haqida batafsil to'xtalib, tadbir ishtirokchilarini xotin-qizlar va yoshlar masalasi bilan bog'liq ulkan, ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hamkorlikka chaqirdi.
«Jizzax Textile» mas`uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi kasaba uyushma qo'mitasi raisi Mohira Obloqulova hamda «Jizzax plastmassa» aksiyadorlik jamiyati nazorat bo'limi raisi Oydiniso Arzieva o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarda mehnat muhofazasi bo'yicha qilingan amaliy ishlar, xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, berilgan imtiyozlar haqida to'xtalib o'tdilar.
Viloyat tibbiy mehnat ekspert komissiyasi xodimi, ekspert, shifokor-xirurg Malik Mukarovning slayd tarzida tayyorlab kelgan ma`ruzasi tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg'otdi. U kasb kasallik­lari, baxtsiz hodisa tufayli olingan jarohatlar, turli toifa va darajadagi nogironliklar to'g'risida qator raqam va misollarni keltirib, joylarda mehnat muhofazasiga bo'lgan e`tibor va talabni yanada kuchaytirish zarurligini ta`kidladi.
Jizzax shahridagi «Jizzax Textile» hamda «Bonu shirinliklari» mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida mehnat muhofazasi bo'yicha qilingan ishlar, xotin-qizlarga, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishuv ham qizg'in ruhda kechdi.

Boshqa xabarlar