Qanday jazo bor?

178

O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga!

Yaqinda sharoit taqozosiga ko'ra, elektr hisob­­lagichni yangisiga almashtirishimga to'g'ri keldi. O'zbekiston-Xitoy davlatlari hamkorligida tayyorlangan mahsulotda ona tilimdagi yo'riqnomani o'qiy olish istagim ana shu xursandchiligimga sabab edi. Ammo sal shoshilgan ekanman. Ne ko'z bilan ko'rayki, yo'riqnoma rus va xitoy tillarida yozilgan edi. Yurtimizda ishlab chiqarilgan (hamkorlikda bo'lsa ham) mahsulotlarga o'zbek tilida yorliq yopishtirish, yo'riqnoma yozishni haligacha bilmaymiz. Yoki o'zimizga or deb bilamiz.
Aslida, qonunga ko'ra har qanday, hatto xorijdan olib kelinadigan iste`mol tovarlari, dori-darmonlarda o'zbek tilida yo'riqnoma, o'ziga xos tanishtiruv qog'ozi bo'lishi talab etiladi-ku! Taassufki, e`tirozli savolimga «O'zbekelektrhisoblagich» qo'shma korxonasi mutasaddilari tayinli javob bera olishmadi. Axir, bu qonundan chetga chiqish emasmi? Mamlakatimiz qonunlariga rioya qilmaslik, uni mensimaslikka qanday jazo turlari qo'llanadi?

Mahmud YO'LDOShEV

Yunusobod tumani

Boshqa xabarlar