“Ishonch” mukofotiga kimlar munosib bo'ldi?

226


“Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari tahririyatining “Oyning eng yaxshi maqolalari” tanlovi g'oliblari aniqlandi

“Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari tahririyati tomonidan 2019 yil 1 apreldan boshlab gonorar (qalam haqi) miqdori ikki baravar (bir soni uchun 800 ming) oshirilgani, bundan tashqari, tahririyat qoshidagi maxsus komissiya xulosasiga asosan, oyning eng yaxshi maqolalari aniqlanib, ularga:

Birinchi o'rin uchun – EKIH (eng kam ish haqi)ning 3 (uch) baravari;

Ikkinchi o'rin uchun – EKIH (eng kam ish haqi)ning 2 (ikki) baravari;

Uchinchi o'rin uchun – EKIH (eng kam ish haqi)ning 1 (bir) baravari miqdorida mukofot-gonorar (asosiy gonorardan tashqari) berilishi e`lon qilingan edi.

Tahrir hay`ati va komissiya xulosasiga ko'ra:

Birinchi o'rin:

huquqshunos Abdurahmon Hamidovning “Cheklovlar:  iqtisodiyotga foydami yoki zarar?” (Birinchi va ikkinchi maqolalar, 2019 yil 11 va 25 aprel, 47-, 53-sonlar);

Ikkinchi o'rin:

filologiya fanlari nomzodi Shahnoza Ergashevaning “Qay tilda fikrlasangiz shu millatga moyilsiz” (13 aprel, 48-son);

Uchinchi o'rin:

“Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo'yicha muxbiri Akmal Abdievning Birinchi Xalqaro baxshichilik san`ati festivaliga bag'ishlangan turkum maqolalari

aprel oyining ENG YaXShI MAQOLALARI deb topildi.  

Bugun tahririyatda mukofotlar o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Aziz ijodkorlar!

MARHAMAT, BIZ BILAN HAMKORLIK QILING

VA NAVBATDAGI OYLAR G'OLIBI BO'LIB,

MUKOFOTNI QO'LGA KIRITING.

Boshqa xabarlar