O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida

45

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining

qarori

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 3-bandiga va “O'zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Q A R O R  Q I L A D I :

1. Quyidagilar:

Abdullo Sadulloevich Allaev o'n yil muddatga

Karomatjon Xudayberganovna Davletova o'n yil muddatga

Alisher Abduxalimovich Jalilov o'n yil muddatga

Gulnora Axatovna Parpieva o'n yil muddatga

Shuxrat Esanbaevich Rajabov o'n yil muddatga

Sarvarbek Azimjonovich Raxmonov o'n yil muddatga

Kamoliddin Sunnatovich Tollibaev o'n yil muddatga

Anvar Xamidovich Shukurullaev muddatsiz davrga

Xasan Sunatillaevich Egamberdiev muddatsiz davrga

Erkin Odilovich Ergashev o'n yil muddatga

Maxmud Urazboevich Eshimbetov o'n yil muddatga

Xurshid Abduvaxobovich Eshmuratov o'n yil muddatga O'zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan:

Kudratillo Mirabdullaevich Babaev

Umidaxon Adxamovna Imomova

Zafar Safarboevich Nazarov

Nodirjon Tursunboltaevich Rajabov O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                                                  N. Yo'ldoshev

Toshkent shahri,

2019 yil 4 may.

Boshqa xabarlar