O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatida

23

2019 yil 3-4 may kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n to'qqizinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisning ikkinchi kunida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati to'g'risidagi hisoboti eshitildi.
So'ngra parlamentning yuqori palatasi a`zolari O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2018 yildagi ­faoliyati to'g'risidagi hisoboti, Toshkent viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti bilan tanishdilar.
Senatorlar majlis davomida 2019 yilda ko'p tarmoqli fermer xo'jalik­larini tashkil etish va rivojlantirish dasturiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, suv ob`ektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bog'liq muammolar yuzasidan Bosh vazirning birinchi o'rinbosari – transport vaziriga parlament so'rovi yuborish, Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash masalalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga parlament so'rovi yuborish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqdilar.
Bundan tashqari, senatorlar kontrakt bo'yicha harbiy xizmatga kirish va uni o'tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo'llash amaliyoti yuzasidan Bosh vazirga yuborilgan parlament so'rovi natijalarini muhokama etishdi.
Yalpi majlis davomida O'zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisini tayinlash va Oliy Majlis Senati Kengashi qarorlarini tasdiqlash to'g'risidagi boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi hamda «O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o'zgartirish­lar kiritish to'g'risida»gi qaror qabul qilindi. Unga muvofiq, Abdullo Allaev, Karomatjon Davletova, Alisher Jalilov, Gulnora Parpieva, Shuhrat Rajabov, Sarvarbek Rahmonov, Kamoliddin Tollibaev, Erkin Ergashev, Mahmud Eshimbetov, Xurshid Eshmuratov o'n yil, Anvar Shukurullaev hamda Hasan Egamberdievlar muddatsiz davrga O'zbekiston Res­publikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylanishi belgilandi. Boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan Qudratillo Babaev, Umidaxon Imomova, Zafar Nazarov va Nodirjon Rajabov O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining ­sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Oliy Majlis Senatining o'n to'qqizinchi yalpi majlisida 23 ta masala, shu jumladan, 8 ta qonun ko'rib chiqildi.
Shuning bilan O'zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisi Senatining o'n to'qqizinchi yalpi majlisi o'z ishini yakunladi.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati xabarlari
asosida tayyorlandi.

Boshqa xabarlar