AYoLNING OILA VA JAMIYaTDAGI NUFUZI

82

Qoraqalpog'iston Respublikasi kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi Ellikqal`a tumanida davra suhbati o'tkazdi.

Ayollarning
huquq va manfaatlarini himoyalash, oila va jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish,
iste`dod va qobiliyatini ro'yobga chiqarish, og'irini yengil qilish hamda sog'lig'ini
mustahkamlashga qaratilgan qaror va davlat dasturlarining amaliy natijalarini
ko'rsatib berish tadbirning asosiy mavzusi bo'ldi.

“Majburiy
mehnatning oldini olish”, “Ovqatlanish normalari”, “Reproduktiv salomatlik”, “Erta
nikohning salbiy oqibatlari”, “Tug'ish oralig'ini saqlash” hamda “Ommaviy
madaniyatning salbiy ta`siri” mavzularida ma`ruzalar tinglandi.

Davra
suhbati qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga mufassal javob oldilar.

   Ortiqboy MAMUTOV,

Ishonch” muxbiri

Boshqa xabarlar