DAVOLAGANDAN KO'RA…

76

Yunusobod
tumanidagi 54-oilaviy poliklinika shifokorlari hududdagi bir qator mahallalar aholisi
o'rtasida tibbiy ko'rik uyushtirildi.

“Qumqo'rg'on” mahallasida
tashkil etilgan sayyor tibbiy ko'rikda terapevt, nevropatolog, ginekolog, okulist,
xirurg, stomatolog, endokrinolog va boshqa shifokorlar qabulida bo'lgan fuqarolar
chuqur tekshiruvdan o'tkazildi. Muolajaga muhtojlarga dori-darmonlar bepul tarqatildi.

– Sir emas, qon
bosimi va yurak-qon tomir, qandli diabet hamda onkologik xastaliklarga
chalinayotganlaroz emas, – deydi 54-oilaviy poliklinika bosh shifokori Dilfuza
Abdurahimova. – Shu bois har bir inson aslida o'z ixtiyori bilan bir yilda ikki bor
ko'rikdan o'tishi lozim. Ammo ko'pchilik xastalikka chalinib bo'lganidan keyingina
shifokorni izlab qoladi. Kasallikni davolagandan ko'ra, oldini olgan yaxshi deya sayyor
tibbiy ko'rik o'tkazganimiz barchaga ma`qul bo'ldi.

E`tiborlisi,
sayyor tibbiy ko'rikka kelganlar uchun laboratoriya xizmati tashkil etildi.

– Aholi EKG va
UTT hamda flyurografiya tekshiruvi tufayli ko'p narsani bilib oldi, — deya qo'shimcha qildi
tuman markaziy shifoxonasi bosh shifokori Muqaddas Umarova. — Chunki shu
tekshiruvlardan so'ng qanchadan-qancha xastaliklar oldindan aniqlandi va endilikda
ular aniq tashxis asosida davolanadi.

Darhaqiqat, erta
tongdan kechga qadar davom etgan ko'rikka kelganlarga shu yerning o'zida tibbiy
yordam ko'rsatilgani, muhtojlarga tibbiy preparatlar inom etilgani mahalla ahlini
mamnun etdi.

Akbar YO'LDOShEV

Boshqa xabarlar