HUDUDIY KELIShUV SAMARASI

82

                            Rayosat yig'ilishi

Samarqand
viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosat majlisida uch
tomonlama hududiy kelishuvning o'tgan yildagi ijrosi muhokama qilindi.

Viloyat
hokimligi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamda kasaba uyushma tashkilotlari
birlashmasi kengashi o'rtasida 2017-2019 yillar uchun mo'ljallab tuzilgan hududiy
kelishuvda mehnatkashlar va aholi manfaatlari to'la qamrab olingan. Mehnatga haq
to'lash, aholining real daromadlari va turmush darajasining yaxshilanib borayotgani
kuzatilmoqda.

– Bugungi
kunda viloyatda faoliyat ko'rsatib kelayotgan tashkilot va muassasalarda 13058 ta
kasaba uyushma tuzilmalari mavjud, – dedi birlashma kengashi raisi Suhrob Rafiqov.
– 12 mingdan ortiq amalda bo'lgan jamoa shartnomalari orqali ular manfaati himoya
etib kelinmoqda. Ijtimoiy muhofazaning kafolatlangan usuli, bu — yangi
korxonalar ochish, ish o'rinlari sonini muttasil ko'paytirib borish sanaladi.
Manzilli dastur asosida 2018 yilda 120 mingta yangi ish o'rni yaratilishi
rejalashtirilgandi. Ijtimoiy sheriklar, ishbilarmonlar sa`y-harakati bilan bu ko'rsatkich
126 mingtaga uddalandi.

Bandlik
dasturi doirasida 96 marotaba mehnat yarmarkalari o'tkazilib, ularda 6164 ta
korxona va tashkilot 23813 ta bo'sh ish o'rni bilan ishtirok etdi. Mehnat bozorida qatnashgan
17482 nafar fuqaroning 5718 nafari ishli bo'ldi. Kasaba uyushmalari tomonidan mehnat
yarmarkalarida ishga joylashgan fuqarolar bilan suhbat o'tkazilib, ular mehnat qonunlari,
jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartib-qoidalari va boshqa lokal hujjatlar bilan
tanishtirildi.

O'tgan
fursatda ijtimoiy sheriklik asosida 2501 ta kam ta`minlangan yosh oila vakillariga
moddiy yordam ko'rsatildi. 65 nafar yoshga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan,
uzoq muddat foydalanish mumkin bo'lgan ro'zg'or ashyolari xarid qilishi uchun foizsiz
ssudalar ajratildi. Ikki yoshdan uch yoshgacha farzand tarbiyasi bilan mashg'ul 415
nafar ishlovchi onaga 74 693 000 so'mlik modiy yordam ko'rsatildi. Oliy o'quv
yurtida tahsil olayotgan kam ta`minlangan oilalar farzandi va chin yetim bo'lgan 98
nafar talabaga o'quv shartnoma mablag'larining bir qismi to'lab berildi.

Yil
davomida mehnat nizolari bo'yicha murojaat qilgan 23 nafar fuqaro huquqlari
tiklanib, ularga majburiy bekor yurgan kunlari uchun 16 million so'mdan ortiq ish haqlari
undirib berildi. Xodimlar va ularning oila a`zolarini sog'lomlashtirish borasidagi
masalalar ham sheriklar bilan hamkorlikda hal etib kelinmoqda.

Muhokamalar
chog'ida viloyatdagi bir qator korxonalarda ish haqidan qarzdorlik muammosi hanuz
mavjudligi qayd etib o'tilib, ushbu holatlarga barham berish yo'llari yuzasidan
fikr-mulohazalar bildirildi.

Rayosat
yig'ilishida ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

                                                           
Nurilla ShAMSIEV,

                                                           
Ishonch” muxbiri

Boshqa xabarlar