Favqulodda vaziyatlarga shaylik qay darajada?

66

Favqulodda vaziyatlar vazirligi “2019 yilda sel-toshqin va yer ko'chki hodisalari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o'tkazdi.

Unda vazirlik vakillari bilan bir qatorda Davlat
geologiya qo'mitasi hamda “O'zgidromet” markazi 
mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida
amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda sel-toshqin bilan bog'liq favqulodda
vaziyatlarning oldini olishda idoralararo shtab faoliyati xususida so'z yuritildi.

Ta`kidlandiki, xavfli hududlarda
sel, toshqin suvlari bilan bog'liq holatlarning oldini olish uchun daryo, soy, ariq
va kanallar o'zanlarini tozalash hamda qirg'oqlarini mustahkamlash bo'yicha joylarda 93 ta amaliy maxsus-taktik o'quv mashqlari
o'tkazildi.

Respublikadagi suv
omborlarida suv toshqinlarini talofatsiz qabul qilish va o'tkazib yuborishga
tayyorgarlik holati to'liq o'rganildi va aniqlangan kamchilik va muammolarni
bartaraf etish bo'yicha suv omborlari rahbarlariga tegishli ko'rsatmalar berilib,
ijrosi nazoratga olindi.

Sodir bo'lishi mumkin
bo'lgan suv toshqini va sel oqimini oldini olish va xavf-xatarsiz o'tkazib yuborish
maqsadida Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy,Sirdaryo, Namangan,
Samarqand, Farg'ona va Toshkent viloyatlari hokimliklari balansida bo'lgan daryo
va soylarning o'zanlarini tozalash va qirg'oqlarini mustahkamlash ishlari olib borildi.

Respublikamizdagi
bolalarni sog'lomlashtirish va dam oldirish oromgohlari tegishli tashkilot va
idoralar mutaxassislari bilan birgalikda mavsum boshlanishidan oldin o'rganib chiqildi.

Joriy
yilda respublika miqyosida jami bo'lib 222
ta
stasionar oromgohlar faoliyat yuritilishiga ruxsat etilgan. Jizzax viloyati
Jizzax tumanida joylashgan “Bobur” va “Bo'ston” oromgohlari sel-toshqini xavfi mavjudligini
inobatga olib, 2019 yilda faoliyat yuritish uchun ruxsat etilmadi.

Yuzaga
kelishi mumkin bo'lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda dam
oluvchi bolalarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida, Ichki ishlar idoralari
bilan birgalikda 213 ta stasionar oromgohlarning evakuasiya tadbirlari va favqulodda
vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish rejalari qayta ko'rib chiqildi va ularga aniqliklar
kiritildi.

Tadbirda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga
batafsil javob olishdi.

                           Shoxida Yusupova,

O'zJOKU
talabasi.

Boshqa xabarlar