«Kelajakka qat`iy ishonchni ko'rdik»

29

Samarqandda «Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va gender tenglikni amalga oshirishda kasaba uyushmalarining ishtiroki» mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi. Anjuman ishtirokchilari tadbir davomida shahardagi madaniy meros ob`ektlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi. Muxbirimiz ularning anjuman haqidagi hamda shahar bilan tanishuv jarayonida olgan taassurotlari bilan qiziqdi.


Kasaba uyushmalari umumkonfederasiyasining mehnat muhofazasi masalalari, salomatlik va insonparvarlik muammolari bo'yicha departamenti boshlig'i o'rinbosari:

– O'zbekiston men uchun qadrdon go'sha. Hayotimning muayyan qismi shu yurt bilan bog'langan. Taqdir taqozosi tufayli bir paytlar bu o'lkadan ko'chib ketganmiz. Garchand olis yurtni makon tutgan bo'lsak-da bu ­qadrdon diyorni ko'p qo'msayman. Bag'rikeng, ko'ng­­li ochiq insonlar ko'z oldimdan bir-bir o'taveradi.
Aslini olganda, o'zbekona lutf-karamni dunyoning hech bir yerida uchratmaysiz. Bu xalq tabiatida ayolga, onaga bo'lgan hurmat-e`tibor baland. Dunyodagi ayolni – onani sajdagoh sanab kelayotgan o'lka ham O'zbekis­tondir. Mamlakat hukumatining ayollar haq-huquqlariga doir amalga oshirayotgan islohotlari e`tirof­­ga molik.

Olga KRIKUNOVA,

– Samarqand anjumani jamoat tashkilotlari tomonidan xotin-qizlarning gender tengligi bo'yi­­cha amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha muayyan xulosalar berdi. Bu yerda bir qator davlatlarda ayollar masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishga musharraf bo'ldik.
Shahardagi o'tmishdan sado berib turuvchi tarixiy madaniy yodgorliklar bilan tanishuv asnosida o'zbekistonliklar yuz-ko'zida kelajakka bo'lgan qat`iy ishonch­­ni ko'rdik.

Tatyana Genza,
FNPR vakili, Volgograd oblasti kasaba uyushmalari kengashi raisi:

– Bizning diyorimizda o'zbeklarni alohida mehr bilan tilga olishadi. Tarixning sinovli davrlarida bu o'lkaning o'ktam yigitlari xalqimiz mehrini qozonishgan. Xalqaro seminarda ishtirok etganimdan, eng muhimi, Samarqand shahrida bo'lganimdan mamnunman.
Gullarga burkangan, o'ziga xos tabiat, viqorga ega qadimiy shahar bilan yaqindan tanishdik. Amir Temur maqbarasi, Regis­ton maydoni, Xo'ja Doniyor ziyoratgohlari va boshqa bir qator madaniy yodgorliklar ruhiyatimizga o'zgacha yengillik baxshida etdi.

Marina LAZER,
Belarus kasaba
uyushmalari vakili:

Boshqa xabarlar