Charchoqlar yozildi

47

Guliston  shahridagi  “Alpomish” 
sport  majmuasida  9 may – Xotira va qadrlash kuni
munosabati  bilan  “Sport – salomatlik  garovi” 
shiori ostida spartakiada tashkil 
etildi. 

Qiziqarli musobaqalar 
natijasiga  ko'ra ayollar  o'rtasida 
kechgan  voleybol  bahslarida ta`lim,  fan 
va  madaniyat  xodimlari 
kasaba   uyushmasi  xodimlaridan 
tarkib  topgan   jamoa 
birinchi, sog'liqni  saqlash   xodimlari 
kasaba   uyushmasi  xodimlari 
ikkinchi va agrosanoat  majmui  xodimlari 
kasaba  uyushmasi  jamoasi uchinchi  o'rinni 
egallashdi.

Mini  futbol uchrashuvida davlat
muassasalari va jamoat xizmati xodimlari 
birinchi, agrosanoat 
xodimlari  ikkinchi, ta`lim tarmog'i  xodimlari 
uchinchi o'rinni band etishdi.

– Ma`muriyat  va  boshlang'ich  
kasaba   uyushma  tashkiloti tomonidan biz,  xodimlar uchun munosib sharoitlar yaratilgan.
Ayniqsa,  jismoniy  chiniqish,  
mazmunli  hordiq uchun  muassasada  
stol  tennisi,  mini 
futbol  maydoni,  trenajyor zali faoliyati yo'lga qo'yilgan, – deydi
viloyat bojxona  boshqarmasi  xodimi 
Sohib  Soliev. – O'ylaymanki,  bugungi 
o'yinlarda yuqori  hisobni qayd
etganimiz ana shu sa`y-harakatlarning natijasidir.

 Musobaqa  ishtirokchilari   diplom,  
kubok   va   medallar  
bilan   taqdirlandi. 

Ozoda  MAMADALIEVA, 

“Ishoch” muxbiri

Boshqa xabarlar