Tez tibbiy yordam istiqboli

166

Mamlakatimizda aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish sifatini oshirishga katta e`tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning farmon va qarorlari asosida sohada tub o'zgarishlar amalga oshirilayotir.

«Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg'armasi» tashkil etilgani, tez tibbiy yordam xizmatiga tegishli maxsus sanitar avtotransport parki butunlay yangilangani, mavjud uzoq hududlarda 1297 ta TTYo shoxobchalar faoliyatining yo'lga qo'yilgani shular jumlasidandir. Bu esa tez tibbiy yordam brigadalarining xizmat ko'rsatish radiusini o'rtacha 20-30 km.dan 8-12 km.gacha qisqartirish imkonini berdi. Natijada, brigadalarning chaqiriqlarga kechikishi holatlari sezilarli darajada kamaydi.
Bundan tashqari, ayni payt­­da Jahon banki va Rivojlanish xalqaro assosiasiyasi bilan hamkorlikda qiymati 100 mln. AQSh dollariga teng bo'lgan «O'zbekis­tonda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini takomillashtirish» kredit loyihasi amalga oshirilmoqda. U tibbiy davolash va diagnostika jihozlarini yangilashga mo'ljallangan.
Soha rivojida kadrlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois o'tgan yili xorij klinikalarida 81 nafar mutaxassisning malakasi oshirildi. Jahon transplantolog­lari jamiyatining raisi professor Mexmet Xaberal boshchiligidagi turkiyalik transplantologlar bilan hamkorlikda buyrak transplantasiyasining yo'lga qo'yilgani ham aholini mamnun qilgani shubhasiz.
Hozirgi paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Rossiya, Gruziya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Germaniya, Avstriya, Janubiy Koreya, Turkiya, Yaponiya va Hindiston davlatlaridagi yetakchi tibbiy universitetlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, yurtimizda shoshilinch tibbiy yordam tizimini izchil rivoj­lantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar chet ellik hamkorlarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Kuni kecha poytaxtimizda O'zbekiston shoshilinch tibbiy yordam vrachlari assosiasiyasining tashabbusi bilan «Evroosiyo shoshilinch tibbiy yordam jamiyati»ni tashkil qilish bo'yicha ta`sis qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekis­ton, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya va Hindiston davlatlarining shoshilinch tibbiy yordam yo'nalishidagi kasbiy jamoat birlashmalarining rahbarlari ta`sischi, Xitoy, Qirg'iziston va Isroil delegasiyalari esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Farg'ona shahrida o'tkazilgan «Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda turli mamlakatlardan kelgan 31 nafar mutaxassis qiziqarli va dolzarb ma`ruzalar o'qidi. Bu kabi ­sa`y-harakatlar tez tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg'armasi» tashkil etilgani, tez tibbiy yordam xizmatiga tegishli maxsus sanitar avtotransport parki butunlay yangilangani, mavjud uzoq hududlarda 1297 ta TTYo shoxobchalar faoliyatining yo'lga qo'yilgani shular jumlasidandir. Bu esa tez tibbiy yordam brigadalarining xizmat ko'rsatish radiusini o'rtacha 20-30 km.dan 8-12 km.gacha qisqartirish imkonini berdi. Natijada, brigadalarning chaqiriqlarga kechikishi holatlari sezilarli darajada kamaydi.
Bundan tashqari, ayni payt­­da Jahon banki va Rivojlanish xalqaro assosiasiyasi bilan hamkorlikda qiymati 100 mln. AQSh dollariga teng bo'lgan «O'zbekis­tonda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini takomillashtirish» kredit loyihasi amalga oshirilmoqda. U tibbiy davolash va diagnostika jihozlarini yangilashga mo'ljallangan.
Soha rivojida kadrlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois o'tgan yili xorij klinikalarida 81 nafar mutaxassisning malakasi oshirildi. Jahon transplantolog­lari jamiyatining raisi professor Mexmet Xaberal boshchiligidagi turkiyalik transplantologlar bilan hamkorlikda buyrak transplantasiyasining yo'lga qo'yilgani ham aholini mamnun qilgani shubhasiz.
Hozirgi paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Rossiya, Gruziya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Germaniya, Avstriya, Janubiy Koreya, Turkiya, Yaponiya va Hindiston davlatlaridagi yetakchi tibbiy universitetlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, yurtimizda shoshilinch tibbiy yordam tizimini izchil rivoj­lantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar chet ellik hamkorlarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Kuni kecha poytaxtimizda O'zbekiston shoshilinch tibbiy yordam vrachlari assosiasiyasining tashabbusi bilan «Evroosiyo shoshilinch tibbiy yordam jamiyati»ni tashkil qilish bo'yicha ta`sis qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekis­ton, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya va Hindiston davlatlarining shoshilinch tibbiy yordam yo'nalishidagi kasbiy jamoat birlashmalarining rahbarlari ta`sischi, Xitoy, Qirg'iziston va Isroil delegasiyalari esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Farg'ona shahrida o'tkazilgan «Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda turli mamlakatlardan kelgan 31 nafar mutaxassis qiziqarli va dolzarb ma`ruzalar o'qidi. Bu kabi ­sa`y-harakatlar tez tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Salim ABDURAHMONOV,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar