“QANChA ShONING BO'LSA – VATANNI KO'TAR!”

147


Yozuvchilar uyushmasida O'zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdieva tavallud kuniga bag'ishlab “Qancha shoning bo'lsa – Vatanni ko'tar!” deb nomlangan xotira tadbiri bo'lib o'tdi. 

Ijodiy kechada so'zga chiqqanlar Halima Xudoyberdievaning samimiy insoniy tuyg'u va fazilatlar – sevgi-sadoqat, mehr-muruvvatni tarannum etib, o'zbek xotin-qizlari orzu-armonlari kuychisi bo'lganini aytib o'tishdi.

– Bugun jigargo'shamning tavallud kuni. Opam o'z  hayotini qalamga, she`rga bag'ishladi. Mana shunday insonning singlisi ekanligimdan ko'ksimda hamisha g'urur tuyaman. Ammo oramizda emasligi yuragimizni og'ritadi, – deydi Marhamat Xudoyberdieva.

Tadbirda shoiraning she`riyatidagi shiddatkorlik, insoniylik jihatlari, jasoratning namunasi har bir kishiga, xususan, yosh avlodga o'ziga xos saboq manbai ekanligi alohida ta`kidlandi.

Nilufar OLIMJONOVA,

O'zJOKU talabasi

Boshqa xabarlar