Muhim vazifalar muhokamasi

139

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi ­Qudratilla Rafikov rahbarligida Federasiya Kengashining Rayosat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibi bo'yicha dastlab tashkiliy masala ko'rib chiqildi. O'zbekiston Respub­likasi Prezidenti Adminis­trasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhomidin Shokirovni O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi o'rinbosari vazifasiga saylash haqidagi taklif o'rtaga tashlandi.
Yig'ilishda so'z olgan Transport, yo'l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Abdulla Nugmanov, O'zKUF apparati Axborot-tahlil markazi direktori ­Shoqosim Shoislomov, Iste`mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respub­lika kengashi ­raisi o'rinbosari Shuhrat ­Nusratov, Aviasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Shavkat Mingaliev, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Mavjuda Xalilova, Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Sayfulla Ahmedov va boshqalar Ilhomidin Shokirovdagi rahbarlik, tashkilotchilik, tashabbus­korlik va insoniylik fazilatlari haqida to'xtalib, rais o'rinbosari lavozimiga uning nomzodini qo'llab-quvvatlashlarini bildirishdi.
Rayosat a`zolari tomonidan Ilhomidin Shokirov O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi o'rinbosari etib saylandi.
Yig'ilishda, shuningdek, joriy yilning 22-28 iyun kunlari bo'lib o'tadigan Kasaba uyushmalari yoshlarining «TEMP – 2019» Toshkent xalqaro forumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilinib, ushbu jarayonda ko'zga tashlanayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yi­­cha tegishli vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, yig'ilish davomida O'zbekis­ton faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg'armasi Vasiylik kengashi qaroriga asosan «Mehnat faxriysi» ko'krak nishoni bilan taqdirlangan kasaba uyushmalari tizimining bir guruh vakillariga, xususan, Temiryo'lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Qutlimurot Sobirov, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Mavjuda Xalilova, Neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respub­lika kengashi raisi o'rinbosari G'ofurjon Hamidovga I darajali, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi apparatining ijtimoiy sug'urta bo'limi yetakchi mutaxassisi Noiba Nuritdinova, Transport, yo'l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Res­publika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi Mamlakat Abdumalikovaga II darajali «Mehnat faxriysi» ko'krak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.
Yig'ilishda Rayosat vakolatiga tegishli bosh­­qa qator masalalar ham ko'rib chiqildi.
Rayosat yig'ilishida ko'rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

To'lqin ShERNAEV,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar