BUYuK MEHR

129

…Prezidentimiz o'z nut­qida 156 nafar yurtdoshimizni Suriyadagi qurolli mojarolar bo'layotgan joydan olib kelish juda qiyin bo'lganligini alohida ta`kidlab o'tdilar…

O, Yaqin Sharq… qoniga g'arq, eldosh singlim,
Buyuk mehr qalqitdi-yu daryo ko'nglim,
Jasoratdan cho'chir, yo Rab, hatto o'lim,
Seni yurtga qaytarmoqlik qiyin bo'ldi,
Bitdi azob, gul toleing tayin bo'ldi.

Olov sari uzangan qo'l kuymay qolmas,
Dono sarbon fuqarosin suymay qolmas,
Po'lat qushlar yonmas bo'ldi, misli – olmos,
Seni yurtga qaytarmoqlik qiyin bo'ldi,
Ko'z yoshi – sel, xatar lahza sayin bo'ldi.

Ezgulikka quchoq ochgay hatto ochun,
Tashakkurlar bo'lsin do'st-yor ellar uchun!
Yurt tuprog'in o'pib, mayli, yig'la bu kun…
Seni yurtga qaytarmoqlik qiyin bo'ldi,
Dillar to'la mehr, so'zlar – mayin bo'ldi.

Sen deb o'tga kirgan qaro ko'zlar haqi,
Ona Vatan ichirgan non-tuzlar haqi,
Tikla qadding, quvvatga to'l, qur va o'qi!
Seni yurtga qaytarmoqlik qiyin bo'ldi,
Bitdi azob, gul toleing tayin bo'ldi.

Bahodir VALIEV

Boshqa xabarlar