Yo'l sozlandi

32

Gazetaning shu yil 4 may sonida chop etilgan «Bunaqangi yomg'irdan so'ng…» sarlavhali maqolaga Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi quyidagicha munosabat bildirdi:

Joriy yilning mart-­aprel oylarida ro'y bergan kuchli yog'ingarchilik­lar tufayli Qo'shrabot tumani hududidan o'tuvchi avtomobil yo'lining 41-km.dagi ochiq beton ariq ustiga qo'yilgan tirgak qoziqlarni kuchli sel oqimi yuvib ketgan edi. Ayni paytda mazkur avtomobil yo'lining tabiiy ofatdan zarar ko'rgan qismi sozlanib, transport vositalari hamda piyodalarning xavfsiz harakatlanishi to'liq ta`minlandi.
Bundan tashqari, xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining joriy yil 18 yanvardagi navbatdan tashqari sessiya yig'ilishi 1224-hh-sonli bayonnomasida ushbu avtomobil yo'lining 45 km. uzunlikdagi qismini bosqichma-bosqich ta`mirlash belgilangan. Hozirgi kunda yo'lning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Loyi­ha-smeta hujjatlari tayyor bo'lganidan so'ng qurilish-ta`mirlash ishlari bosqichma-bosqich ravishda bajariladi.

Bosh boshqarma boshlig'i
Q.HASANOV

Boshqa xabarlar