Sherzod ShERMATOV: ENDI OLIS HUDUDLARDAGI O'QITUVChILAR MEHNATIGA USTAMA TO'LANADI

340

 

Buning uchun “Ishonch”dan ham minnatdormiz (+video)

“Ishonch” gazetasida “Maktabda bir kun” loyihasi doirasida hududlardagi maktablarning ahvoli yoritilgan edi. Xususan, “Vazirlik islohotlari maktablarga tegishli emas(mi?)” hamda “Adir osholmayotgan innovasiya” maqolalarida turli maktablardagi holatlar, o'qituvchilar yetishmasligi, ta`lim sifati, maktablar qurilishi hamda o'qish uchun yaratilgan sharoitlardagi kamchiliklar haqida so'z yuritilgandi.

2019 yil 7 iyunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumiy o'rta ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag'batlantirish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda mazkur muammolarning yechimlari o'z aksini topgan. Ya`ni mazkur hujjat bilan olis hududlarda joylashgan, pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo'lgan umumiy o'rta ta`lim muassasalariga o'qituvchilarni jalb etish, yosh mutaxassislarga faoliyat yuritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va olis hududlarda ta`lim olayotgan farzandlarimizga berilayotgan ta`lim sifatini yaxshilash maqsadida qabul qilingan qarorga muvofiq, boshqa hududlardan kelib, olis hududda joylashgan maktabda 6 oydan 3 yilgacha faoliyat yuritayotgan o'qituvchining ish haqiga 10 foiz, 3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz, 10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz hamda 15 yildan ortiq ishlayotgan o'qituvchining ish haqiga 50 foiz miqdoridagi maxsus ustamalar qo'llanilishi belgilangan.

“Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov bilan mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda “Ishonch” gazetasining “Maktabda bir kun” loyihasi doirasida yoritilgan chiqishlarga vazirning munosabatlari xususida bo'ldi.

Xalq ta`limi vaziri suhbat jarayonida muammolarni ochib berishda “Ishonch” gazetasi ham faol qatnashgani, buning uchun tahririyatdan minnatdorligini qayd etdi.

(video)

 

Suhbatning to'liq matni bilan “Ishonch” gazetasining kelgusi sonida tanishasiz!

Eslatib o'tamiz, xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov bilan tizimdagi muammolar, vazirning “Ishonch”  gazetasida chop etilgan tanqidiy maqolalarga munosabati haqida suhbat tayyorlanmoqda.

ishonch.uz ni kuzatib boring!

 

 

Boshqa xabarlar