Alifbo muhokamasi

120

Bu jarayonda har bir fikr muhim ahamiyatga ega

Filologiya fanlari nomzodi Shahnoza Ergashevaning «Ishonch» gazetasi 2019 yil 25 may sonida (№65, 4191) e`lon qilingan «Kaltakka aylanayotgan alif yoxud alifboga o'zgartirish kiritishdan kimga foyda?» maqolasini o'qib, muallifning lotin yozuviga asos­langan o'zbek alifbosini isloh qilish borasidagi fikrlari bilan tanishdik.

Albatta, biz ushbu masala bo'yicha bildirilgan har bir fikrga hurmat bilan qaraymiz. Zero, amaldagi o'zbek alifbosini isloh qilish zarurati, uning o'ziga xos kamchilik va noqulayliklari haqidagi xulosalar ilmiy va keng jamoatchilik o'rtasida ko'pdan buyon muhokama bo'layotgani sir emas. Ushbu mavzu doirasida bosma matbuot va internet saytlarida e`lon qilingan ko'plab maqolalar bunga isbot bo'la oladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi farmonida belgilangan bir qator ustuvor vazifalar sirasida universitet jamoasiga «O'zbek tilining… tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo'yi­­cha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash» vazifasi yuklatilgan edi.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  13 iyun 72 – sonida o'qing.

 

Boshqa xabarlar