Muloqotlar Mirobodda davom etmoqda

40

Bugun jamiyat hayotida kechayotgan o'zgarishlar, yangilanishlar, islohotlar, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda xalqning dardini tinglash, ularning muammolariga o'z vaqtida va o'z o'rnida yechim topish, mutasaddi tashkilotlar e`tiborini mavjud kamchiliklarga qaratish borasida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi, «Mahalla» va «Nuroniy» jamg'armalari, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat Jamoatchilik komissiyasi samarali faoliyat ko'rsatmoqda.

Buning isbotini shu paytga qadar poytaxtimiz tumanlarida mahallalar ahli bilan o'tkazib kelinayotgan muloqotlar misolida ham ko'rish mumkin. Uchrashuvlar jarayonida faqat ijtimoiy masalalardagi muammolargina emas, balki fuqarolarning turish-turmushi, uzoq muddatga o'qish yoki ish yuzasidan chet elga ketgan fuqarolar bilan muntazam muloqotni tashkil etish, xorijdagi turli oqimlarga adashib kirib qolgan yurtdosh­larimizni imkon qadar Vatanga qaytarish va bu borada mahalla raisi va uchastka inspektorlari yanada e`tiborli bo'lishi zarurligi alohida ta`kidlanadi.Buning isbotini shu paytga qadar poytaxtimiz tumanlarida mahallalar ahli bilan o'tkazib kelinayotgan muloqotlar misolida ham ko'rish mumkin. Uchrashuvlar jarayonida faqat ijtimoiy masalalardagi muammolargina emas, balki fuqarolarning turish-turmushi, uzoq muddatga o'qish yoki ish yuzasidan chet elga ketgan fuqarolar bilan muntazam muloqotni tashkil etish, xorijdagi turli oqimlarga adashib kirib qolgan yurtdosh­larimizni imkon qadar Vatanga qaytarish va bu borada mahalla raisi va uchastka inspektorlari yanada e`tiborli bo'lishi zarurligi alohida ta`kidlanadi.Galdagi uchrashuv Mirobod tumanidagi «Banokatiy», «Yangi Zamon», «Abdurauf Fitrat», «Furqat», «Sariko'l», «Oltinko'l», «Qorasuv», «Oq uy», «Fayzi­obod» mahallalari ahli bilan bo'lib o'tdi. Tadbir avvalida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi, Jamoatchilik komissiyasi rahbari Qudratilla Rafikov tumandagi holatni tahlil qilar ekan, qilingan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar xususida so'z yuritdi. Shundan so'ng Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po'latov tumanda joriy yil rejasiga kiritilgan obodonlashtirish ishlari, xususan, yo'llar ta`mirlanishi, kommunal xizmat ko'rsatish sohalari, kanalizasiya, tungi yoritqichlar o'rnatish kabi yil oxirigacha bajariladigan ishlar bo'yicha ma`lumot berdi.Dastlab «Oltinko'l» mahallasidagi mavjud muammolar, jumladan, Farg'ona yo'li 2-tor, Oltinko'l,  Abdurauf Fitrat ichki ko'chalari asfalti ta`mirtalab ekani, Abdurauf Fitrat 26-, 30-, 32- va 34-ko'pqavatli uylar oldiga yoritqichlar o'rnatish, mahalla hududidagi tugallanmagan bolalar futbol maydonchasini qurib bitkazish zarurligi tilga olindi. – «Islom ota» masjidi yoniga svetofor o'rnatilsa yaxshi bo'lar edi, – deydi «Oltinko'l» mahallasida yashovchi Rustam Alimov. – Boisi, masjidga borish uchun qariyalar ham yo'lni kesib o'tishadi. Aksariyatining ko'rish qobiliyati past, ayrimlari mashinalar signalini eshitmaydi. Serqatnov yo'ldan o'tishga qiynalishadi.

«Sariko'l» mahallasi faollari ko'chalarni asfalt qilish, mahallada joylashgan «Al-badr» jome` masjidini qayta ta`mirlash kabi masalalarda murojaat qildi. Bundan tashqari, Abdurauf Fitrat ko'chasida yashovchi D.Mirboboeva 2 nafar farzandi bolalikdan nogironligi, xonadonida 5 ta oila yashab kelayotganini aytib, uy-joyga muhtojligi sabab, imtiyozli turar joy olish uchun birinchi badal pulini to'lashda yordam so'radi.
Fidoyilar ko'chasi, 18-uyda yashovchi Dilfuza Hakimova, Qo'shjuvoz ko'chasi, 11-uyda yashovchi Anvar Tolipovning betobligi, jarrohlik amaliyoti o'tkazishda homiylik yordamiga muhtoj ekani aytildi.
«Fayziobod» mahallasi raisi Ismatulla Yo'ldoshev mahallada mavjud ayrim muammolar va aholini qiynayotgan masalalarni Jamoatchilik komissiyasi e`tiboriga havola qildi. Jumladan, mahallada yashovchi Muzaffar Ashirovning betobligi, vaqti-vaqti bilan dialez qilinishi, iloji bo'lsa, shu yigitga mutasaddilar tomonidan yordam berilishini so'radi. Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari zimmasiga ushbu murojaatni inobatga olib, tez fursatda fuqaroga tibbiy yordam ko'rsatish vazifasi yuklatildi.
– Bundan besh yil ilgari avtohalokat sababli nogiron bo'lib qoldim, – deydi shu mahallada yashovchi ­D.Umarova. – Farzandlarim va onam bilan birga yashaymiz. Onam ham betob. Oyog'imni 20 marta operasiya qilishdi, bir oyog'im tuzaldi, lekin ikkinchisida jarohat og'irroq bo'lgani sababli tiklanishi qiyin kechyapti. Davolanishga ham imkoniyatim yo'q.
Mutasaddilar tomonidan ushbu fuqaroni tibbiy tekshiruvdan o'tkazish va operasiya uchun yo'llanma beriladigan bo'ldi. Bundan tashqari, «Fayziobod» mahallasida yashovchi farzandlarining tibbiy yordamga muhtoj ekanini aytib murojaat qilgan Dinara Norxo'jaeva va Durdona Husanovaga Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari zarur yordam ko'rsatishga va`da berdi.
Shu kabi hal etilishi zarur bo'lgan masalalar bosh­­qa mahallalarda ham mavjud ekani muloqot davomida ko'zga tashlandi. Xususan, mahallalarda yo'llarni asfalt qilish, svetofor va yo'l belgilari, tungi yoritqichlar o'rnatish, tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga yordam berish masalalari ko'tarildi. Jamoatchilik komissiyasi har bir murojaatga e`tibor qaratib, mutasaddilarga zarur vazifalarni belgilab berdi. O'rtaga tashlangan masalalar yechimi bo'yicha tuman hokimligi, shahar prokuraturasi, shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, shahar «Elektr tarmoqlari korxonasi» AJ, «Suvsoz» DUK, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, «Mahalla» jamg'armasining tuman bo'limi, shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi, shuningdek, tuman xotin-qizlar qo'mitasi vakillariga murojaatlarni to'liq o'rganish hamda ijobiy hal etish, keyingi muloqotlar davomida xalq oldida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha axborot berish vazifasi yuklandi.

A`zam ABULFAYZOV,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar