Ilg'or mexaniklar bellashuvi

48

Qarshidagi «Gissarneftgaz» qo'shma korxonasida «Eng faol yosh ishchi kasb egasi» ko'rik-tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Unda «Neft va gazni qayta ishlash mashina va jihozlari mexanigi» nominasiyasi g'oliblari aniqlandi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ 18-sexi texnologik kompressorlar mashinisti Mirqosim Nurmanov birinchi, Urganch neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji o'quvchisi Javohirbek Abdulmanov uchinchi, Jamshid Kenegesov ikkinchi, Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji o'quvchisi Javohirbek Abdulmanov uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.
G'olib va sovrindorlarga hamda ularning ustozlariga diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
– Neft va gaz sohasida ishlash – mening eng katta orzum, – deydi Jamshid Kenegesov. – Tanlov asnosida kasbga oid, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi bo'yicha bilimlarimizni ham mustahkamladik. Maqsadim – kelajakda tahsilni davom ettirib, mohir mutaxassis bo'lib yetishish.
Tadbirda Neft, gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respub­lika kengashi raisi o'rinbosari G'ofurjon Hamidov ishtirok etdi va yosh ishchi kasb egalariga nafaqat respub­lika, balki xalqaro miqyosdagi tanlovlarda ham ko'pdan-ko'p yutuqlarni qo'lga kiritishiga ishonch bildirdi.

Akmal ABDIEV,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar