«TEMP – 2019»: forum ishtirokchilari Samarqandga yo'l oldi

187

 

Kasaba uyushmalari yoshlarining 22-28 iyun kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan «TEMP – 2019» Toshkent xalqaro forumi ishtirokchilari ayni damda Toshkent-Janubiy temir yo'l vokzalidan “Afrosiyob” tezyurar poezdida Samarqand shahriga jo'nab ketdi.

Forum dasturi doirasida ishtirokchilar ko'hna shahardagi qadamjolar, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli hamda boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlari belgilangan.

Eslatib o'tamiz, mazkur xalqaro forumdan ko'zlangan asosiy maqsad tadbirga tashrif buyuradigan xorijiy mamlakatlar va O'zbekiston kasaba uyushmalarining yosh faollarini mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari, unda kasaba uyushmalarining ishtiroki, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar, qolaversa, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, turli mamlakatlar yoshlarini birlashtirish va ijtimoiy ahamiyatli loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishda ijtimoiy va gumanitar hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishi ko'zda tutilgan.

Darvoqe, Siz yurtimizda ilk marotaba o'tkazilayotgan «TEMP – 2019» Toshkent xalqaro forumi doirasidagi jarayonlarni «Telegram», «Youtube», «Instagram», «Facebook», «Vkontakte» tarmoqlaridagi sahifalari hamda Ishonch.uz sayti orqali  to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin.

 

 

Boshqa xabarlar