O'ZBEKISTON SANATORIYLARI FORUM IShTIROKChILARIGA MANZUR BO'LDI

151

Temp – 2019

 

Avval xabar berganimizdek, xalqaro forumi ishtirokchilari Bo'stonliq tumanidagi «Charos» mehmonxonasida madaniy hordiq chiqarmoqda.

Forum dasturi doirasida o'tkazilgan O'zbekiston kasaba uyushmalari tasarrufidagi sanatoriylar ko'rgazmasida qatnashchilar sanatoriylarda davolanuvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar, sport trenajyorlari, dorivor giyohlar damlamasi – fitobar, taklif etiladigan xizmatlar hamda har bir sanatoriyning o'ziga xos jihatlarini namoyon qiluvchi ko'rgazmali jihozlar bilan yaqindan tanishdi. Aytish mumkinki,  o'ziga xos jihatlari, iqlim va joy nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yo'lga qo'yilgan muolajalar mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi.

A`zam ABULFAYZOV,

ishonch.uz

 

Forum jarayonini ishonch.uz da kuzatib boring!

 

 

Boshqa xabarlar