KASABA UYuShMA YoShLARINING «TEMP – 2019» TOShKENT XALQARO FORUMI DUNYo NIGOHIDA

81

«TEMP» YaNGI UFQLAR OChMOQDA

Uchrashuv qatnashchilarining ­fikricha, bu yilgi forum juda yuqori saviyada o'tdi. Ishonch bilan aytish mumkinki, mazkur yoshlarning o'ziga xos fikr almashish maydoni butun dunyoda o'xshashi yo'q. Chunki bu yerda kasaba uyushma yoshlari ilg'or tajribalarni o'rtoqlashishi hamda o'zlari uchun yangi bilimlarni olishlari mumkin. «TEMP»ning bu yilgi yangi manzili O'zbekiston bo'lgani ham bejiz emas, u o'z doirasini kengaytirib, o'zi uchun yangi ufqlarni ochmoqda.
Forum yorqin taassurotlar va foydali treninglarga boy bo'ldi.

vkp.ru
Kasaba uyushmalari
Umumkonfederasiyasi veb-sayti

YuKSAK SALOHIYaTGA EGA ANJUMAN

 

Ushbu forumni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad turli mamlakatlar kasaba uyushmalari yoshlarini bir joyga jamlab, o'zaro taj­riba almashishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
– Bugun shuni angladikki, mazkur forum biz o'ylagandan ham ko'proq salohiyatga ega ekan, – deydi Belarus kasaba uyushmalari Federasiyasi rai­­si Mixail Orda. – Forum nafaqat kasaba uyushma yoshlari uchun yangi bilimlarni beryapti, balki turli mamlakatlar kasaba uyushma markazlari o'zaro hamkorligining yangi bosqichi bo'lib ham xizmat qilyapti. Bu yerda yoshlarimiz o'z mamlakatlari doirasidagi hamda xalqaro miqyosda mehnat sohasidagi muhim masalalar yechimini taklif qilishmoqda.

belta.by
BELTA – Novosti Belorussii
Belarus Respublikasi
axborot agentligi

 

BARChANI ROM AYLADI

Forumning eng esda qolarli voqeasi rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Unda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Qudratilla Rafikov, Belarus kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Mixail Orda va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi o'rinbosari Aleksandr Shershukovning so'zga chiqishlari barcha-barchaning e`tiborini tortdi. Yana bir ajoyib jihati, bu forumning konsert das­turi bo'lib, har bir ishtirok etayotgan mamlakat vakillari uchun ularning milliy kuy-qo'shiqlari yang­radi. O'zbekiston mehmondo'stligi bilan barchani o'ziga rom etdi!

msfnpr.ru
Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari
Federasiyasi Yoshlar kengashi
veb-sayti

YoShLARNI BIRLAShTIRGAN UChRAShUV

– O'tgan to'rt yil ichida Belarusga forumda qatnashish uchun 30 ga yaqin mamlakatdan mingdan ziyod yoshlar tashrif buyurishdi. Forumning bu yilgi manzili Toshkent shahri bo'ldi. Umid qilamizki, endi u har yili turli mamlakat va hududlarda bo'lib o'tadi va bu mazkur harakatga yanada ko'proq yoshlarni jalb etish imkoniyatini yaratadi, – deydi Belarus kasaba uyushmalari Federasiya­­si raisi Mixail Orda.

Slonіmskі vesnіk
slonves.by
(Belarus Respublikasi)

ILG'OR TAJRIBALAR MAYDONI

 

Forum doirasidagi xalqaro ilmiy konferensiyada yoshlar bandligi, ta`lim va malaka oshirish, turli mamlakatlar yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlanish sohasida O'zbekis­tonning ilg'or tajribasi kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur forumning bu galgi markazi Toshkent shahrida joylashdi. Unda 20 ga yaqin mamlakatdan kelgan hamda O'zbekiston kasaba uyushmalarining faol yoshlari ishtirok etdi.

beltelecom.by
«Beltelekom» Belarus
Respublikasi
elektr aloqa unitar
korxonasi veb-portali

DO'STLAR ORTTIRDIK

– Forum tashkilotchilarining mehmonlarni iliq kutib olishi, o'z mamlakatini imkon qadar ko'proq ko'rsatish ishtiyoqi barchamizni lol qildi, – deydi forumda ilk bor qatnashayotgan «Belarusbank» OAJ Minsk boshqarmasi 500-sonli filialining reklama va axborot bo'limi menejeri Alyona Golovchik. – Atiga bir kun ichida men o'nlab yangi do'stlar orttirdim. Quvonarlisi shuki, mazkur forumda kasaba uyushmalari faoliyatiga chuqur e`tibor qaratildi. Boshqalar tajribasini o'rganish bilan bir qatorda o'z yutuqlarimiz bilan o'rtoqlashdik.

1prof.by
Belarus kasaba uyushmalari
Federasiyasi veb-portali

 

IMKONIYaTLAR  NAMOYIShI

Forumning maqsadi – tadbirga tashrif buyuradigan xorijiy mamlakatlar va O'zbekiston kasaba uyushmalarining yosh faollarini mamlakatda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari, unda kasaba uyushmalarining ishtiroki, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar, O'zbekistonning rivojlanishida muhim o'rin tutayotgan korxonalar, milliy mahsulotlar bilan tanishtirish, ilmiy salohiyatni namoyon etishdan iborat bo'ldi.
Ahamiyatli jihati, ishtirokchilarga ruhiy ko'tarinkilik bag'ishlash maqsadida jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanish imkoniyati yaratildi. Sport musobaqalariga tayyorgarlik, O'zbekistonning mashhur sportchilari, jahon, olimpiya chempionlari, grossmeysterlar bilan uchrashuv, mini-futbol, basketbol, voleybol, suzish, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka bo'yicha do'stlik sport musobaqalari qatnashchilar tomonidan iliq kutib olindi.

fprk.kz
Qozog'iston kasaba uyushmalari
Federasiyasi veb-portali

 

RAHMAT, O'ZBEKISTON ! RAHMAT, «TEMP-2019»!

Forum doirasida Rossiya, Belarus, Hindiston, Ukraina, Misr va boshqa davlatlar vakillari kasaba uyushma yoshlari bilan ishlash tajribasi bilan o'rtoqlashishdi. Xususan, Rossiya vakili Pyotr Gnevashev o'z chiqishi bilan barchaning olqishiga sazovor bo'ldi.
Undan so'ng tashkilotchilar ishtirokchilarni milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmasiga va o'zbek milliy taomlaridan tatib ko'rishga taklif etishdi. «Plov-party» hech kimni befarq qoldirmadi. Mehmonlar zavq bilan o'zbek milliy taomlarini tanovul qilishdi.
Forumning yopilish marosimi ham esda qolarli bo'ldi. Barcha ishtirokchilar shu kunlar ichida chin do'stga aylanishdi va keyingi uchrashuvni intiqlik bilan kutishlarini bildirishdi.
Rahmat, O'zbekiston!
Rahmat, «TEMP-2019»!

fpso.ru
Samara viloyati kasaba uyushmalari
Federasiyasi Yoshlar kengashi
(Rossiya Federasiyasi)

Boshqa xabarlar