«Chimyon»da chiniqyapmiz

60

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi «Ammofos-Maksam» AJ tasarrufidagi «Chimyon» oromgohida mavsum davomida 7-13 yoshli bir ming sakkiz yuzdan ziyod o'g'il-qizni dam oldirish rejalashtirilgan.

– Mehnatkashlar hamda ularning farzandlarini sog'lomlashtirish va dam oldirish kasaba uyushmalari faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biridir, – deydi «Ammofos-Maksam» AJ kasaba uyushma qo'mitasi raisi Maxsudali Mamatov. – Har bir navbatda 360 nafar o'g'il-qiz miriqib hordiq chiqarishi, unutilmas taassurotlar bilan maktab quchog'iga qaytishi uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Tanlovlar va sport musobaqalari, yozuvchilar, san`atkorlar, sport ustalari bilan uchrashuvlar, oromgoh joylashgan hududlar tarixi bilan tanishtirish, boy hayotiy taj­ribaga ega bo'lgan insonlar bilan muloqotlar uyushtirilishi ushbu maqsadga xizmat qilmoqda.
Joriy yilda bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari faoliyati 4-5 navbatda tashkil etilib, 7830 nafar bolajonni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Shahina JO'RAEVA,
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika kengashining
etakchi mutaxassisi

Boshqa xabarlar