Konstitusiyani o'qimagan rahbarlar

72

Yaqinda Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi nomiga Shahrixon tumani hokimining o'rinbosari J.Mamatqodirov imzosi bilan ikki enli xat keldi.

Unda yozilishicha, Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining tuman kengashi raisi Diyorbek Ergashev hokimlik tomonidan berilayotgan qonuniy topshiriqlarni bajarishdan doimiy bosh tortib kelayotgan ekan. Xatda kengash raisining xatti-harakatlari «hech qanday qoidalarga to'g'ri kelmasligi» alohida ta`kidlanadi. Shu sabab hokim o'rinbosari D.Ergashevni lavozimidan olish, kerakli profilaktik (?) ishlarni amalga oshirishni so'rabdi, agar tegishli chora ko'rilmasa, yuqori idoralarga murojaat etishlarini ­pisanda qilibdi.
Aftidan, hokim o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Kons­titusiyasini o'qimagan yoki o'qisa-da, tushunmaydi! U tomondan imzolangan mazkur xat, har qalay, shunday fikr uyg'otadi kishida.
Mana, Bosh Qomusning 58-moddasida nima deyilgan: «Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi».

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  13 iyul 81 – sonida o'qing.

Boshqa xabarlar