Ish beruvchi haq-huquqini tanigan xodimdan cho'chiydimi?

51

O'tgan yili viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi faollari bilan Andijonda qator tarmoqlarga ega bo'lgan yirik to'qimachilik majmuasining Buloqboshi tumanidagi korxonasiga bordik. Maqsad – bu yerda mehnat qilayotgan xodimlarning ish sharoitlari bilan tanishish, shu bilan birga kasaba uyushmasi faoliyati haqida tushuncha berish, jamoat tashkilotiga a`zolikning afzalliklari xususida targ'ibot o'tkazish edi.

Qancha urinmaylik, korxona mutasaddilari tikuvchilar bilan bor-yo'g'i 15 daqiqalik muloqot o'tkazishga illo-billo yo'l bermadi: «Xodimlarni ishdan qoldirasizlar!»
Keyinchalik ularni o'zlariga ma`qul paytda yig'ib berish haqidagi barcha so'rovlar javobsiz qoldi.
Nega shunday? Nima uchun xususiy sektordagi aksariyat ish beruvchilar xodimlari uchun kasaba uyushmalari va mehnat munosabatlari xususida targ'ibot qiluvchilarga ba`zan yumshoq tarzda, ba`zan tish-tirnog'i bilan qarshi chiqishadi? Javob aniq: haq-huquqini yaxshi bilgan xodim bilan ishlash qiyin, degan tushuncha bor.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  09 iyul 82 – 83 sonlarida o'qing.

Boshqa xabarlar