Keng muhokamaga muhtoj mavzu

51

 

 

Gazetaning shu yil 11 va 25 aprel kungi sonlarida chop etilgan huquqshunos Abdurahmon Hamidovning «Cheklovlar: iqtisodiyotga foydami yoki zarar? Mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida xolis fikr» sarlavhali maqolalariga Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari ins­tituti quyidagicha fikr va mulohazalar bildirdi:

«Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari tahririyati tomonidan shu yil 27 aprelda Moliya vazirligiga yo'llangan 95-sonli xat o'rganib chiqilib, ijro uchun qabul qilindi.
Mazkur xat ijrosi doirasida gazetaning shu yil 11 va 25 aprel kungi sonlarida chop etilgan huquqshunos Abdurahmon Hamidovning maqolalari loyiha hamda bo'limlar mutaxassislari ishtirokida muhokama qilinib, bir qator fikr va mulohazalar bildirildi (Ular quyida ilova qilinmoqda).
Shu bilan birga savdo faoliyati erkinlashtirilganda iqtisodiyotda kutiladigan effektlarni miqdoriy o'lchash maqsadida Hisoblanadigan umumiy muvozanat modeli (CGE – Computable General Equilibrium)ni rivojlantirish maqsad qilib olindi.
Maqolalar keng qamrovli bo'lgani bois Iqtisodiyot va sanoat, Investisiyalar va tashqi savdo vazirliklari mutaxassislari ishtirokida muhokama qilinishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Direktor

J.Negmatov

* * *

Mazkur maqola ikki qismdan iborat bo'lib, birinchisida bank, savdo va makro-fiskal sohalarga oid muammolar yoritilgan, ikkinchisida esa ushbu muammolarga yechim taklif etilgan. Keltirilgan argumentlar yetarli darajada kuchli bo'lsa-da, bir qator fikr va mulohazalarni bildiramiz.

1. Maqolada «…banklardan kredit olish, ayniqsa, chet el valyutasida kredit olish jiddiy muammoga aylangani, kreditlardan foydalanish foizlari ko'tarilib  ketgani…» cheklov sifatida talqin etilgan. Bu kuzatilayotgan natija bo'lsa-da, uning sabablarini tushuntirish mumkin. Banklar vazifasidan  kelib chiqib, aholi jamg'armalarini biznesga yo'naltiradi. Aholining banklarga ishonchi sust bo'lgani ajablanarli emas. Chunki o'tgan davrda bunga asoslar ko'p bo'lgan. 1. Maqolada «…banklardan kredit olish, ayniqsa, chet el valyutasida kredit olish jiddiy muammoga aylangani, kreditlardan foydalanish foizlari ko'tarilib  ketgani…» cheklov sifatida talqin etilgan. Bu kuzatilayotgan natija bo'lsa-da, uning sabablarini tushuntirish mumkin. Banklar vazifasidan  kelib chiqib, aholi jamg'armalarini biznesga yo'naltiradi. Aholining banklarga ishonchi sust bo'lgani ajablanarli emas. Chunki o'tgan davrda bunga asoslar ko'p bo'lgan. 2. Maqolada «Bu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ham salbiy ta`sir etdi. Chunki import qilingan xomashyo va butlovchi qismlar uchun asossiz ko'tarib yuborilgan bojxona to'lovlarini to'lash oqibatida ular ishlab chiqargan mahsulotlar tannarxi oshib ketaverdi», deyilgan. Chet el valyutasini erkin qo'lga kiritish imkoniyati bo'lmagani mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga  salbiy ta`sir ko'rsatgan omil hisoblanadi. Biroq xomashyo va butlovchi qismlar importerlari uchun bojxona to'lovlari, umuman olganda, tarixan past darajada bo'lgan. 3. Maqoladan  ko'chirma: «… chet el investorlarini jalb qilish uchun har qanday davlatda, eng avvalo, yaxshi daromad olish imkoniyatlari va mulk daxlsizligi kafolatlangan jozibador investision muhit yaratilishi lozim». Albatta, xalqaro hamjamiyat o'tkazgan so'rovlarda ham investor turiga qarab, yaxshi daromad olish imkoniyatini birinchi omil sifatida tan olishi o'z  isbotini  top­gan. Shu o'rinda bu  bilan birga huquq ustuvorligi, ya`ni sud tiziminng adolatliligi ham e`tirof etiladi. Mulk­chilik endi shakllanayotgan O'zbekiston sharoitida mulk daxlsizligini ta`minlash masalasi kelajak muhokamasi hisoblanadi.4. Muallif soliq va boj takomillashtirilganda davlat byudjeti tushumlari hamda aholi daromadlarini ko'paytirish haqida fikr yuritib, ishlab chiqaruvchilar kategoriyasini e`tibordan chetda qoldirmoqda. Albatta, hukumatning mak­roiqtisodiy vazifasi aholi daromadlarini maksimallashtirish (byudjet tushumini maksimallashtirish emas!) hisob­lansa-da, sanoat siyosati mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ham ko'mak berishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga chiqaradi. Bunday siyosat yuritgan davlatlar ichida Janubiy Koreya kabi iqtisodiyoti muvaffaqiyatga erishgan mamlakatlar ham mavjud.5. Maqoladan iqtibos: «Import qilinayotgan tovarlarning bojxona to'lovlari, hech bo'lmaganda, qo'shni davlatlarniki darajasiga tushirilishi quyi­dagi natijalarga olib keladi:– ichki bozorda xalq iste`moli mollarining narxi keskin tushadi. Bu holat esa fuqarolarimizning to'lov qobiliyati oshishiga olib keladi. Demak, ular shu miqdordagi ish haqlariga o'z ehtiyojlarini ko'proq qondira oladi».Iqtisodiyot nazariyasiga asosan import qilinayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to'lovlarining tushirilishi natijasida ichki bozorda xalq iste`moli mollarining narxini keskin tushishi bir qator omillarga, eng asosiysi, ichki bozordagi raqobat muhitiga bog'liq. O'zbekiston sharoitida xalq iste`moli mollari bozorida aksariyat hollarda raqobat muhiti sust bo'lgani bois muallif kutayotgan effektlar kuzatilmasligi mumkin (kamida qisqa muddatda). Misol uchun aytsak, 2017 yilda import bojlari past darajada bo'lganida aholi Qozog'istondan import qila boshladi. Shu bilan birga O'zbekistondagi umumiy narxlar tushishi kuzatilgani yo'q.6. Maqoladan  ko'chirma: «…korxonalar legal daromadlarining oshishi, ular tomonidan ishchi-xodimlarga to'lanadigan maoshlarning ham oshirilishiga sabab bo'ladi (bu, o'z navbatida, fuqarolar to'lov qobiliyatining yanada ko'tarilishiga olib keladi). Bundan tashqari, daromadlari oshishi hisobiga korxonalar kengayib, yangi ish o'rinlari yaratiladi».Iqtisodiyot real sektoridagi korxonalar daromadlarining oshishi ishchi-xodimlarga to'lanadigan maoshlarning ham oshirilishiga emas, balki faqatgina korxona mulkdorlari daromadlarining ko'payishiga ham olib kelishi  mumkin. Bunday holatda esa aholining to'lov qobiliyati o'zgarishsiz qoladi.7. Maqoladan iqtibos: «Gap shu haqda ketar ekan, maishiy texnika bozoriga ham to'xtalmasak bo'lmaydi. So'z yana bir monopolist korxona — «Artel» brendi ostida maishiy texnika vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar haqida ketayotganini, albatta, anglagandirsiz.Ushbu korxonalar Xitoy va Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan maishiy texnika vositalarining butlovchi qismlarini import qilib, O'zbekistonda ularni yig'ib, ichki bozorda tayyor mahsulot sifatida sotish bilan shug'ullanadi.Ichki bozorda «Artel» mahsulotlarining narxi Xitoydan import qilingan xuddi shu turdagi mahsulotlarning narxidan uncha katta farq qilmaydi. Ayrim hollarda, hattoki, qimmatroq ham. Bundan ko'rinadiki, ushbu korxonalar ham O'zbekiston aholisini arzon maishiy texnika vositalari bilan to'liq ta`minlay olmayapti.»8. «Respublikamiz aholisini arzon maishiy texnika vositalari bilan to'liq ta`minlash uchun elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yangi korxonalarni tashkil etish, ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish kerak. Bu borada yangi korxonalarni tashkil etish uchun tadbirkorlar va investorlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganligi bunga misol bo'la oladi».9. «E`tiborli tomoni shundaki, mazkur korxonalar 2022 yilga qadar mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan materiallar va butlovchi qismlarni import qilishda bojxona to'lovlaridan (0,2 foiz  bojxona rasmiylashtiruvi yig'imidan tashqari), shuningdek, foyda solig'i, mulk solig'i va Res­publika yo'l fondiga ajratmalarni to'lashdan ham ozod etilgan.Shunday ekan, unda nima sababdan ichki bozorda «Artel» mahsulotlari Xitoydan import qilingan shu turdagi mahsulotlardan arzon emas? «Artel»  mahsulotlari Qozog'istonda O'zbekis­ton ichki bozoridagi narxlardan kamida 30-40 foiz arzon sotilayotganini qanday tushunish mumkin? Xitoydan import qilingan maishiy texnika vositalarining Qozog'iston bozorlaridagi narxlari ham O'zbekiston ichki bozoridagi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan 30-40 foiz arzon. Nega?»Ushbu muammoli vaziyatga adolatli baho berish uchun ushbu turdagi mahsulotlar sotiladigan bozorlarning qay darajada monopollashganini tahlil qilish lozim. Agar mavjud bozor erkin raqobatlashgan bo'lsa, unda «Artel» brendi ostida maishiy texnika vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlar kelajakda ushbu sohani rivojlantirish va kelgusida tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadidagi zaruriy choralar hisoblanadi. «Artel»  mahsulotlari narxlarining Xitoydan import qilingan maishiy texnika vositalaridan 30-40 foiz qimmat bo'lishi ishlab chiqarish texnologiyasi to'liq o'zlashtirilmagani va ushbu sohaning hali bir muncha yangiligi bilan izohlanishi mumkin. Agar o'tkazilgan tahlillar natijasida bozorning monopollashgani aniqlansa, undan davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlarning samaradorligini tekshirish zarur. Ma`lumki, ichki bozorni to'liq nazoratiga olgan monopol korxona mavjud sohani rivojlantirishga emas, balki qisqa fursatda o'z foydasini maksimallashtirishga harakat qiladi. Bu esa, o'z navbatida, narxlarning sun`iy ravishda o'sishi, mahsulot sifatining kes­kin tushishida namoyon bo'ladi.

Qayd etilgan vaziyat va muallifning o'rinli e`tirozidan kelib chiqib, mavjud bozorning qay darajada monopollashganini aniqlash zarur. Chunki erkin raqobatlashgan bozorda davlat tomonidan berilgan imtiyozlar ushbu sohaning kelajakda rivoji uchun xizmat qiladi. Narxlarning bunday holati esa vaqtinchalik hisoblanadi. Aksincha bo'lsa, ushbu sohaning kelajakdagi inqiroziga sabab bo'ladi, chunki bunday vaziyatda taqdim etilgan imtiyozlardan asosan monopolistlar foydalanadi. Bunday holatda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi vaziyatni o'rganib chiqishi va narxlarning asossiz ravishda oshirilgan qismini monopol korxonalardan olib qo'yish chorasini ko'rish talab etiladi.

 

Boshqa xabarlar