Muhim masalalar yechimiga yo'l

80

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, ish beruvchilar hamda keng jamoatchilikning e`tiborini mehnatni muhofaza qilish masalalarini hal etishga qaratish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish xodimlarga sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish borasida o'zaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish kasaba uyushmalari faoliyatida alohida o'rin tutadi.

«Mehnat muhofazasi oyligi» doirasida «Akfa injiniring end menejment» mas`uliya­­ti cheklangan jamiyati tizimidagi «Pallada investment» korxonasida Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, kasaba uyushma qo'mitasi raislari, mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari ishtirokida o'tkazilgan seminar ushbu maqsadga xizmat qildi. «Mehnat muhofazasi oyligi» doirasida «Akfa injiniring end menejment» mas`uliya­­ti cheklangan jamiyati tizimidagi «Pallada investment» korxonasida Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, kasaba uyushma qo'mitasi raislari, mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari ishtirokida o'tkazilgan seminar ushbu maqsadga xizmat qildi. Unda «Pallada investment» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh texnologi Jasur Tojiboev xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, Sergeli tumani g'aznachilik bo'linmasi boshlig'i Ulug'bek Gulboev, Toshkent shahar moliya bosh ­boshqarmasi ta`lim muassasalarini moliyaviy ta`minlash bo'limi boshlig'i Asror Mahmudov mehnat muhofazasi yo'nalishiga davlat xarajatlarini amalga oshirish tartibi, «Max General Group» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari Soibjon Nizomov xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug'urta qilish haqida so'z yuritishdi. Oylik doirasida Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sergeli tumani kengashi tashabbusi va Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining ko'magi bilan tumanda faoliyat yuritayotgan maktablardagi mehnat muhofazasi xizmati xodimlari maxsus o'quv kurslarida o'qitilib, yakunida ularga sertifikatlar topshirildi.Tadbir asnosida seminar ishtirokchilari «Pallada investment» korxonasida xodimlarga yaratilgan mehnat ­sharoitlari bilan tanishdilar.

Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari

birlashmasi  mehnatni muhofaza qilish bo'limi

 

Boshqa xabarlar