Tarbiyaga yo'naltirilgan tadbirlar

38

Jizzax shahrining «Turon» MFY hududida joylashgan 9-umumta`lim maktabi qoshidagi «Nihol» oromgohi ostonasiga qadam qo'yishingiz bilan ish rejasi hamda dam olish maskanining hayotini aks ettiruvchi fotostendga ko'zingiz tushadi. Odatdagidek ertalabki mashqlardan so'ng ularni mazali nonushta, keyin esa «O'rdak-g'oz», «Bekinmachoq» kabi o'yinlar, «Mening o'lkam», «Qanotli himoyachilarimiz» kabi mavzulardagi ko'rik-tanlovlar kutadi. Tarbiyachilardan Sevara Sultonova, Dildora Qo'shboqova, Nasiba Jumaboeva bolajonlarning ko'ngilli hordiq chiqarishi uchun bilim va mahoratini ishga solishmoqda.

Oromgohdagi so'lim manzaralar, anvoyi gullar taratayotgan yoqimli ifor, anhorda oqayotgan zilol suv dillarga orom va halovat bag'ishlaydi.        Oromgohdagi so'lim manzaralar, anvoyi gullar taratayotgan yoqimli ifor, anhorda oqayotgan zilol suv dillarga orom va halovat bag'ishlaydi.        Nasiba Jumaboeva va Noila Shokirova rahbarligidagi guruhlar ish faoliyati ko'ngildagidek.  Jismoniy tarbiya va sport yo'riqchisi yetakchiligida o'g'il-qizlar an`anaviy o'yinlardan tashqari «Tortishmachoq», «Elkada kurash», «Kim chaqqon?» kabi milliy o'yinlar, oromgoh bo'ylab tez yurish va yugurish mashqlarini bajarishadi. Farog'at Haydarova rahbarligida tashkillashtirilgan turli tadbirlar, sahna ko'rinishlari, qo'shiq va raqs tanlovlari ham ko'pchilikka manzur bo'lmoqda. «Bulbulcha» va «Boychechak» guruhlarida esa qo'li gul qizlar tomonidan tikilgan buyumlardagi ko'zni qamashtiruvchi ipaklar jilosi va ranglarning uyg'unlashuvi kishini o'ziga maftun etmay qo'ymaydi.«Sog'lom turmush tarzi» shiori ostidagi seminar-trening mashg'ulotlari, «Sog' tanda – sog'lom aql» nomli sport tadbirlari ham bolalarni sog'lom va irodali bo'lishga o'rgatmoqda.Har bir tadbir bolalar dunyoqarashini o'stirish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, ma`naviy kamol topishida yordam beruvchi asosiy tarbiya vositasi bo'lib xizmat qilmoqda.

Dilfuza ShOKIROVA,

Jizzax shahridagi 9-umumta`lim maktabi qoshidagi «Nihol» oromgohi rahbari        

Boshqa xabarlar