Xastaliklar qon guruhiga bog'liqmi?

90

 

«Inson xarakteri, salomatligi uning qanday qon guruhiga mansub­ligi bilan belgilanadi». Bir tanishimning bu gapi mening yodimga bir voqeani soldi:

Bundan 13 yil avval oilada dastlab opam, so'ng ukam va singlim gepatit kasalligining yengil shakli (A guruhi) bilan xastalandi. Ular bilan bir havodan nafas olib, ovqatlanib, bir uyda yashashimga qaramay menda kasallikning alomatlari kuzatilmadi. Oilaviy shifoxonaga chiqqanimizda tekshiruv natijalaridan keyin shifokor buning sababini qon guruhi bilan izohlagan edi…
Bilamizki, insonlarning haddan ziyod salbiy omilga ega bo'lishi yaxshi emas. Xususan, bu qon guruhi bilan bog'liq bo'lsa, unga qiyin masala sifatida qaraladi.
Rossiyalik mutaxassislarning ta`kid­lashicha, rezus-omili (Rh factor) bilan hamma narsa aniqlanadi. Agar bola uni otadan meros qilib olsa, u holda rezus-omilining xavfi yuqori bo'ladi. Chunki salbiy rezus homilador onaning immuniteti orqali hali tug'ilmagan bolaga o'z ta`sirini ko'rsatadi. Yengil kechgan holatda bola gepatit kasalligiga chalinsa, og'ir holatda – o'lim yoki go'dakning o'lik dunyoga kelishi bilan yakunlanadi. E`tiborlisi, 1-qon guruh ayollarida tuxum hujayralari zaxirasi tezroq tugaydi va bepushtlik xavfini vujudga keltiradi. Shu sababli, shifokorlar ularda 30 yoshdan oshgandan keyin homiladorlik og'ir kechishini alohida ta`kidlashadi.
Qiziq… Xo'sh, qanday qilib qon guruhi orqali bola salbiy jihatlarni meros qilib oladi? So'nggi paytlarda yapon olimlari ushbu guruhga mansub kishilarda to'xtovsiz qon ketishi oqibatida o'lim holati ko'payishini taxmin qilishmoqda. Chunki ushbu guruhda qon ivishi singari yomon illatlar mavjud emish. Darvoqe, shunday bo'lishiga qaramay, vaziyat ijobiy tomonga burilishi mumkin ekan. Jumladan, organizmda tromboz bilan bog'liq kasalliklar (u ba`zan o'lik kasalliklar – tromboemboli, miokard infarkti, yurak ishemik va boshqalar)ning xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu guruh, ayniqsa, kasalliklarning eng jiddiy shakli bo'lgan bezgakka qarshi samarali himoya vositasi hamdir.
Tahlillarda birinchi qon guruhiga mansub insonlarda oshqozon osti bezi saratoni boshqa qon guruhi egalariga nisbatan (u asosan 3-qon guruhidagilarda uchraydi) 47 foiz kamroq kuzatilgan. Teri saratonining yengil shakllarida esa u 4 foizdan 14 foiz atrofida bo'ladi. Misol uchun, oshqozon saratonining xavfi bo'yicha ikkinchi va uchinchi o'rin 2-qon guruhidagilarga to'g'ri kelmoqda. Qayd etish kerakki, onkologik, ya`ni saraton kasalligiga 4-qon guruhi egalari moyil bo'lmaydi.
– Birinchi toifa qonga ega insonlar 2-guruh turidagiga qaraganda semizlik va qandli diabetga kam sezgirdir. Statistik ma`lumotlarga ko'ra, tibbiyotda qon guruhi bilan bog'liq kasalliklarga parhez tutish ijobiy yechim bo'lsa-da, ko'pchilik odamlar unga shubha bilan qarashadi, – deydi Toshkent shahridagi 37-oilaviy poliklinika shifokori Dilfuza Qurbonova. – Albatta, rejali ovqatlanish yurak-qon tomir kasalliklarini bartaraf etishda muayyan ta`sirga ega. Chunki 1-guruhning ovqatlanish tarkibi foydali mahsulotlarga boy bo'lishni talab qiladi. Demak, mazkur yo'l orqali organizmda nafaqat xolesterin va lipid­lar, balki tana og'irligi, bosim va insulin ancha kamayadi.
Afsuski, tanlangan parhez uchinchi qon guruhi vakillariga tavsiya etilmaydi. Bunday qon egalarida stress gormonlarining ko'pligi sababli parhez yurak va qon tomirlari uchun samarasiz hisoblanadi. Yaxshisi, ular yoga, meditasiya va shu kabi bosh­­qa tinchlantiruvchi mashg'ulotlar bilan shug'ullanishi, maqsadga muvofiq.
Xulosa qiladigan bo'lsak, biz qanday qon guruhiga mansub bo'lmaylik, doimo sog'lik ertangi farovon kelajagimizni belgilab beruvchi boylik ekanini unutmaylik.

Mahliyo UMIRZOQOVA,
«Ishonch»

Boshqa xabarlar