Vatan tarixining yangi davri

36

Yaqinda yurtimizning so'lim go'shasi Zomindagi purviqor tog'lar, quyuq archazorlar bag'rida – O'rik­lisoyda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan 150 o'ringa mo'ljallangan sanatoriy bugun nihoyatda gavjum.

Shu kunlarda sihatgohda kombinat ishchilari, injener-texnik xodimlari bilan birgalikda mamlakatimiz ravnaqi yo'lida xizmat qilgan mehnat faxriylari, fan va madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlar ham dam olib, hordiq chiqaryaptilar.
Kuni kecha ushbu maskanda viloyat hokimligi, Jizzax viloyati kasaba uyushmalari birlashmasi kengashi va bir qator hamkor tashkilotlar hamkorligida «O'zbekis­ton tarixining yangi davri» mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar xususida so'z bordi.
– Yurtimizda tinch­lik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinlik­lari va manfaatlarini ta`minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro'-­e`tiborini yuksaltirish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murab­biysi Larina Pak. – Buni birgina Zomin tumanida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlarida ham ko'rishimiz mumkin.
Davra suhbati davomida O'zbekis­ton Qahramonlari Isaxon Bahromov, Muhabbat Sharapova, «Fidokorona mehnatlari uchun» ordeni sohibasi Hanifa Aripova, «Nuroniy» jamg'armasi Buxoro viloyati bo'limi raisi Samoydin ­Husenov, «Tafakkur» jurnali bosh muharriri Erkin A`zam, O'zbekis­ton Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Abduqayum Yo'ldoshev va bosh­qalar xalqimizning yangilanayotgan va tobora kuchga to'layotgan zaminda ertangi kunga ishonchi ortgani, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzi oshayotgani haqida to'lqinlanib gapirdilar.
2017-2021 yillarda O'zbekis­ton Res­publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi, «Faol inves­tisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» davlat dasturi, «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Har bir oila – tadbirkor», «Yoshlar – kelajagimiz» kabi muhim das­tur va rejalar doirasidaga yangilanish­lar xususida ham to'xtaldilar.
Tadbir o'zaro muloqot, savol-javob tarzida kechdi. Ana shunday targ'ibot-tashviqot tadbirlarini har bir mehnat jamoasida, har bir mahallada o'tkazish zarurligi ta`kidlandi.

Muqimboy ISMOILOV,
«Ishonch»

Boshqa xabarlar