Ta`til puli undirildi

28

Kasaba uyushmasi aralashgach…

 

Shifokor proktolog Abduxalil Matqulov ba`zan ish ko'pligidan, ba`zan boshqa sababga ko'ra yillar davomida mehnat ta`tiliga chiqa olmadi. Ishemik insult kasalligiga chalinib, unga birinchi guruh nogironligi tayinlangach, arizasiga ko'ra mehnat shartnomasi bekor qilindi. Qarangki, buyruqda uning ishlagan davrida foydalanilmagan mehnat ta`tillari uchun 30 kundan iborat pulli kompensasiya to'lanishi belgilandi, xolos.

Turmush o'rtog'i Dilorom Matqulova Sirdaryo viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisiga bu holat bo'yicha ariza bilan murojaat qildi.
Arizani o'rganish jarayonida­ A.Matqulovning 10 yillik ishlagan davrida mehnat ta`tillariga chiqmagani aniqlanib, unga foydalanilmagan mehnat ta`tillari uchun pulli kompensasiya qayta hisob-kitob qilinib, to'lab berilishi kerak, degan xulosaga kelindi. Bunga O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasi talabi asos bo'ldi.
Viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi tomonidan ish beruvchi nomiga taqdimnoma kiritildi va viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
A.Matqulovga foydalanilmagan 10 yillik mehnat ta`tillari uchun jami 19 533 446 (o'n to'qqiz million besh yuz o'ttiz uch ming to'rt yuz qirq olti) so'mlik kompensasiya puli hisob­ladi. To'lov xodimning plastik kartasiga o'tkazib berildi.

Shirinoy UMARALIEVA,
Sirdaryo viloyati kasaba uyushma
tashkilotlari birlashmasi
yuridik bo'limi mudiri

Boshqa xabarlar