Qonunchilik talablari buzilmagan

37

Har ikki maqola Toshkent shahar prokuraturasida o'rganib chiqilgan. Shahar prokurori o'rinbosari imzosi bilan kelgan xatda, jumladan, shunday deyiladi:

«Tizer» aksiyasi Sergeli tumanida ro'yxatdan o'tgan «Smile Lux» MChJ, «Sitro» aksiyasi Bektemir tumanidan ro'yxatdan o'tgan «Imir – Trade Group» MChJ tomonidan o'tkazilmoqda.
Ushbu tadbirkorlik sub`ekt­larining faoliyatini soliq idoralari o'rganganda, ularning asosiy faoliyat turi «Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish» ekani ma`lum bo'ldi.
Mazkur korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning xaridorgirligini oshirish maqsadida yutuqli aksiyalar o'tkazilayotgan bo'lib, unga ko'ra xaridorlar ushbu ichimliklarni xarid qilib, aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Vazirlar Maqkamasining 16.07.2003 yildagi 314-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Lotereyalar tashkil etish faoliyatini lisenziyalash to'g'risidagi Nizom»ning 1–bandiga asosan, muayyan tovarlar va xizmatlar iste`molchilar o'rtasida sotuvlarni rag'batlantirish maqsadida, o'yinda qatnashganlik uchun qo'shimcha haq undirilmasdan o'tkaziladigan pul-buyum yutuqlari va o'yinlari lisenziyalanmaydi.
Tekshiruv davomida «Tizer» va «Sitro» aksiyalarini o'tkazishda amaldagi qonunchilik talablari buzilmagani aniqlandi.
«WF» yutuqli aksiyasini o'tkazayotgan «Ashina Bottlers» MChJ Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan ro'yxatdan o'tganligi sababli, murojaatingizning ushbu qismiga Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan javob beriladi.

Toshkent shahar prokurori
o'rinbosari A. Pulatov

Boshqa xabarlar