Shumernoma

162

O'ljas Sulaymonov:

Yoxud ilk tamaddun asoschilari

Talaba paytimdan yozib yurar, bitganlarimni yoshlar gazetasiga olib borardim. Galdagi safarim gazeta xodimlarining tushligiga to'g'ri keldi. Tahririyatning o'z odami bo'lib qolganim uchun bo'sh stullardan biriga bemalol o'tirib, kuta boshladim. Shu payt eshik ochilib, shapkali kishi kirishga izn so'radi. Tahririyat xodimi deb o'ylaganini tushundim, so'rashdim. Uzatgan daftarini olib, varaqladim. Qalin daftarning hilvirab qolgan sahifalari men birinchi o'qirman emasligimni ko'rsatardi. Oralari ochiq, maktab o'quvchilari kabi yirik harflarda yozilgan she`rlar. Turli dastxat va siyohlarda tuzatilgan grammatik xatolar. She`riyat haqida suhbatlasha ketdik. Keksa kishiga o'rgatishga haqim yo'qligi (men hozir ham oqsoqollar oldida hayiqibroq turaman) uchun ijobiy misollar (satrlar) topishga urindim va topdim ham. E`tiborim uni jo'shqinlantirib, ko'z o'ngimda dadillantirib borardi. Chamasi yarim soatlardan keyin og'iz ochishimga imkon bermay, diqqatimizni tortgan har bir satrning tarixini qo'llarini o'ynatib, bo'g'riqib tushuntira bosh­ladi.
«Mana bu she`rni 47-yilda ishdan qaytayotgan chog'imda yozganman. Bilasizmi atrof­­da tungi zimiston, «tuf» degan tupugingiz yerga tushguncha muzga aylanadi».
So'raydi: «Qiziq, negadir yaxshi she`rlar qachonki boshimni yaxshilab yuvsam paydo bo'ladi. Nega shunaqa ekan-a?»
Agar uning asarlariga umumiy baho berilsa, u kishi boshini ko'p ham yuvavermagan ko'rinadi. Hatto boshini mutlaqo yuvmagan desa ham bo'laveradi. Hatto bu jarayon qachonlardir yana amalga oshishiga umid, ishonch, to'g'risini aytganda, judayam kam.
Bir kichik xatoga ko'zim tushdi: «temnыy les shumer…» Ruchkamni siyohga botirib, «shumel» deb to'g'rilagan bo'ldim. Keyinchalik o'zim xato qilganim ayon bo'ldi. Bu so'z yillab uyqusiz tunlarimga, yuzlab asarlar va lug'atlarni o'rganishimga, sevgi onlari, ulfatlar dasturxoni, yangi dostonlardan mahrum bo'lishimga sababchi bo'ldi.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  13 iyul 85 – sonida o'qing.

 

Boshqa xabarlar