Shumernoma

133

Yoxud ilk tamaddun asoschilari

Aniq va gumanitar (lingvistika va tarix) fanlar hamisha yevrosentrizm­ning botil niyatlariga suyanib ish ko'rgan. XIX yuz yillikda ham Ovrupada shakllangan bu g'oya sarqitlaridan hali-hanuz qutula olmadi.
Bashariyat qadimiyligiga berilgan baho XIX asr Ovrupasining siyosiy va madaniy xaritasi prizmasidan qaragan holda chiqarilgan. Ushbu nodialektik nazar tarixiy istiqbolni mohiyatan noto'g'ri yoritmasligi mumkin bo'lmaganiday, zikr etilgan fanlarning xulosalarida o'z ifodasini topmasligi va ularning boshlang'ich harakat nuqtasi hamda tamaliga aylanmasligi ham imkonsiz edi.

Navqiron va ochilib ketgan Ovrupa vagon derazasidan oqsoq, bukchaygan kampir Osiyoga burnini jiyirib boqardi. Bunday holat har ikkisi uchun ham mangu davom etadiganday tuyuldi. Ajin bosgan alvasti bir zamonlar qudratli va kibrli go'zal bo'lganligiga yosh, chiroyli manman zotning ishonishi qiyin bo'ldi. Ammo Ovrupa sotish uchun poezdga olib chiqqan ko'p zeb-ziynatlar qachonlardir Osiyoning nozik bo'ynini bezab turar, uning jarangli nutqini Misr mo'ysafidlari va Qadimiy Yunonlar eshitgandi.
Fan esa ko'chmanchilarni ayamadi. XIX asrning yirtiq-yamoq o'tovlari, ifloslik va qashshoqliklari Ovrupa olimlarida shunday yomon taassurot qoldirdiki, Dasht va Ovrupa orasida qadimda madaniy aloqalar bo'lganligi haqidagi fikrning o'zini olchoqlik hisoblay boshladi.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  16 iyul 86 – sonida o'qing.

Boshqa xabarlar