Shumernoma

49

Yoxud ilk tamaddun asoschilari

 

TIL VA FAN

Yozuv abadiy emas. Uni yo'qotganlar ham ko'p. Ammo og'zaki til tarixiy bilimlarimizning o'lmas manbaidir. Biroq yozma bitiklar saqlanib qolibdimi, til saqlanib qolibdimi, endi uni o'qi.
Bir yarim ming yillik skandinav runik yodgorliklari tili zamonaviy olmonshunoslikka tushunarsiz. Runashunoslikka ikki yuz yil bo'libdiki, hali ham biror yodgorlik to'liq o'qib tushunilmagan. Deyarli o'sha davrga oid turkiy qabrtosh bitiklari matni esa hozirgi jonli nutqday jarang­lab turibdi. So'z eskiradi, degan lingvist­lar bu xulosaga hind-ovrupa tillari taraqqiyotini kuzatish natijasida kelganlar hamda boshqa tillar tarixidagi o'ziga xoslikni hisobga olmay amaliyotga tatbiq etganlar.
Turkiy tillar bir necha sof texnik xususiyatlar sababli so'zlar o'z qiyofasini saqlab qola olgan.
Turkiy tillarda agglyutinativdir, ya`ni o'zak va qo'shimchalar chatishib ketmaydi, balki u harakatdagi tarkib xususiyatiga ega bo'ladi. O'zak esa doim oldida bo'lib, u hech ham o'zgarmaydi. Ular qo'shimchalar (tovush sifati)ga ta`sir etadi, ammo aksi bo'lmaydi.
Hind-ovrupa tillarida esa o'zak va affiks chatishib ketadi. Usta pianinochi bilan endi o'rgana boshlagan shogird chalishini ko'z oldingizga keltiring. Usta har qanday tezlikda ham bittadan klavishga barmoqlarini tekkizib, har bir ovozni tiniq chiqara oladi. Do-re lar agglyutinativlik formulasidir. Chalishni endi boshlagan pianinochi barmog'ini birdaniga ikki klavishga urishi oqibatida ovozlar qorishib dre hosil bo'ladi. Bu chatishib ketishning obrazli formulasi.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  18 iyul 87 – sonida o'qing.

Boshqa xabarlar