Adliya vazirligi: Korrupsiyaga yo'l yo'q!

34

So'nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, poraxo'rlik jinoyatini sodir etishda gumonlanib, tergov qilinayotgan shaxslar haqidagi xabarlarni ko'p o'qiyapmiz, eshityapmiz. Albatta, aybdor shaxslar tegishli jazoga tortilishi, bu illatga qarshi murosasiz kurashish lozim. Lekin, eng avvalo, har bir davlat tashkilotining o'zi tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish bo'yicha aniq harkatlarni amalga oshirishi, turli xavf-xatarlarni baholashi, ulardagi korrupsiyaviy omillarni eng kam darajaga tushirishi kerak.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, tizimni «Korrupsiyasiz soha»ga aylantirish oson ish emas. Bu ishda tartib, qat`iylik prinsipiallik bo'lmas ekan, korrupsiyaga qarshi kurashish balandparvoz gap bo'lib qolaveradi. Shu sababli Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq reja asosida ish yuritmoqda.

Huquqiy hujjatlar bazasi ishlab chiqildi

Avvalo, vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mustahkam ichki me`yoriy hujjatlar bazasini yaratishga alohida e`tibor qaratdi. Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, adliya organlari va muassasalari xodimlarini rotasiya qilish, davlat notarial idorasi notariuslarini almashtirish (rotasiya qilish) tartibi to'g'risidagi nizomlar hamda Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan maxsus dasturning asosiy maqsadi xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik, korrupsiya uchun javobgarlikning muqarrarligini ta`minlashdan iborat. Adliya vazirligi qoshida korrupsiyaga qarshi kurashish kengashi tuzildi. Ushbu Kengash korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha dasturning ijro etilishini nazorat qilib boradi.
Bundan tashqari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodikasi tasdiqlanib, har chorakda tizim idoralari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tadbirlari amalga oshirilib, korrupsiya xavf-xatariga eng ko'p duch keladigan funksiyalar (vakolatlar)ning va lavozimlarning ro'yxati shakllantirildi.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  5 avgust 95 – sonida o'qing.

Boshqa xabarlar