XAYRLI TAShABBUS

148

Yurtimizda Qurbon hayiti va Mustaqillik bayramlari nishonlanish arafasida xalqimiz dasturxonining to'kin-sochin bo'lishi uchun Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan “Navro'z dehqon bozori” AJga qarashli savdo rastalariga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi va Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tashabbusi bilan “Daladan dasturxongacha” shiori ostida arzon qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazib berish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 9 avgust kuni narxi 36 ming so'mlik 830 kilogramm go'sht, narxi 1500-1800 so'mlik, 3 ming so'mlik kilogrammi kartoshka, narxi 1,5 ming so'mdan 2800 kilogramm piyoz mahsulotlari sotildi. Bundan tashqari, bu yerda poliz mahsulotlari va ho'l mevalarni ham dehqonlarning o'z qo'lidan arzon narxlarda xarid qilish mumkin.

Shamshod JONBOEV,

O'zbekiston Respublikasi Bosh

Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy

jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti

Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani

bo'limi inspektori

Boshqa xabarlar