Bog'cha rekonstruksiya qilinadi

34

«Ishonch»ga javob beradilar

Gazetaning shu yil 81-sonida «O'gay bog'cha» sarlavhali maqola chop etilgan, unda Dang'ara tumanidagi ­15-MTMning «Katta Amirobod» MFY hududida joylashgan filiali nochor ahvolga tushib qolgani bayon etilgandi. Shundan so'ng gazetaning 93-sonida «Mavzuga qaytib…» rukni ostida «O'gay» bog'cha endi «etim»(mi?)» sarlavhali maqola berildi. Sohaga daxldor mutasaddilar orasida muhokamaga sabab bo'lgan ushbu maqolalarga Maktabgacha ta`lim vazirligi birinchilardan bo'lib munosabat bildirdi:

«Maktabgacha ta`lim vazirligi 2019 yil 8 iyuldagi №155-sonli murojaatingizni ko'rib chiqib, quyidagilarni ma`lum qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi PF-5717-sonli «O'zbekiston Respublikasi Inves­tisiya dasturini ­shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatdan yangi tizimiga o'tish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Farg'ona viloyati Dang'ara tumani «Katta Amirobod» MFY hududida joylashgan 15-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti filiali 2020-2022 yillar Investisiya das­turi doirasida rekonstruksiya qilinadi».

Maktabgacha ta`lim vaziri
o'rinbosari

Shodiyor MAMATQULOV

Boshqa xabarlar