“CANOATQURILIShBANK”DA “AYoLLAR KLUBI” TAShKIL ETILDI

47

      Bugun Davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1405 nafar xotin-qiz rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.

      Sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va sport sohasida 82,6 foiz, ta`lim, san`at va madaniyat sohalarida 72,1 foiz, qishloq ho'jaligida 45,5 foiz, sanoatda 38,5 foiz, qurilishda esa 8 foiz ayollar faoliyat yuritmoqda. O'tgan qisqa davrda xotin-qizlar borasida Prezidentimizning 2 ta farmon, 2 ta qarori qabul qilindi hamda ular asosida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

    Ammo hukumat darajasida katta e`tibor qaratilayotgan, huquqiy asos yetarli  bo'lishiga qaramasdan ijrodagi ishlar, natijadorlik yetarli darajada emas. “Sanoatqurilishbank”ning “Ayollar klubi” tashkil etilishi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Elmira Bositxonova bu haqda so'z yuritdi.

      Ma`lum bo'lishicha, “Sanoatqurilishbank”  rahbariyati qo'mitaga bank tizimida xotin-qizlarning salohiyatini yanada rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish, siyosatchi, rahbar va jamoat arboblari sifatida o'zlarini namoyon qilish hamda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirish maqsadida “Ayollar klubi”ni tashkil etish tashabbusi bilin chiqdi. Xotin-qizlar qo'mitasi esa bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi va mazkur sohada ishlayotgan ayollarga ularni qiziqtirgan “Oila psixologiyasi va farzand tarbiyasi”, “Tashkilotda guruhdan jamoaga aylanish bosqichlari”  kabi mavzularda malakali mutaxassislarning trening va ma`ruzalarini tashkil etishda yordam ko'rsatmoqchi. “Ayollar klubi”ning ochilish tadbiridan keyin bank xodimlari uchun  bir soatlik ilk trening o'tkazildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilar o'zlari uchun ko'plab foydali ma`lumotlar olganligini e`tirof etishdi.

Zebo NAMOZOVA,

ishonch.uz

Boshqa xabarlar