Istiqbolning yangi ufqlari

105

bangkok shahrida Xalqaro ta`lim tashkilotining 8-Butunjahon Kongressi «O'qituvchilar va ularning kasaba uyushmalari: yetakchilik qilish vaqti keldi» shiori ostida bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ravshan Bedilov hamda O'zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi raisi Sherzod Jo'raev ishtirok etdi.

Kongressda Yevropa mamlakatlari, Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Ukraina, Moldova, Latviya, Litva, ETUCE (Evropa ta`lim kasaba uyushmalari qo'mitasi)ga a`zo Osiyo davlatlari – O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston kabi 154 ta davlatdan 1500 nafarga yaqin delegat qatnashdi.
Xalqaro ta`lim tashkiloti Bosh kotibi Devid Edgards o'z ma`ruzasida tashkilotning asosiy yutuqlari, tadqiqot tashabbuslari, davlat ta`limining xususiylashishi va tijoratlashuvi, gender teng­lik, migrant va qochoqlarning huquqlari, oliy ma`lumotli mutaxassislar, ta`limni moliyalashtirish, savdo bitimlari va mualliflik huquqlari masalalariga to'xtalib o'tdi.
Kongress davomida o'tkazilgan saylovlar natijalariga ko'ra, Syuzen Xopgud Xalqaro ta`lim tashkilotining uchinchi muddatga Prezidenti etib saylandi. Bundan tashqari, Afrika mintaqasi bo'yicha vise-prezident, Osiyo­-Tinch okeani mintaqasi bo'yi­­cha vise-prezident, Yevropa mintaqasi bo'yicha vise-prezident, Lotin Amerikasi mintaqasi bo'yicha vise-prezident, Shimoliy Amerika-Karib havzasi mintaqasi bo'yicha vise-prezident, Bosh kotib vazifalariga ham nomzodlar saylandi.
Kongress ishida Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh kotibi Gay Reyder so'zga chiqib, tashkilot faoliyatini qo'llab-quvvatlashini, «ta`lim demokratiyani, fuqarolar va ularning umumiy maqsadlarini himoya qilishi kerakligi»ni ta`kid­lab, XMT ta`limning butun dunyo e`tibori markazida bo'lishini ta`minlash uchun Xalqaro ta`lim tashkiloti bilan hamkorlikdan mamnunligini aytib o'tdi.
Xalqaro ta`lim tashkilotining 8-Butunjahon Kongressida 10 dan ortiq rezolyusiya qabul qilindi.
Kongress davomida O'zbekis­ton ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Res­publika kengashi va Belarus ta`lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi o'rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Shuningdek, Ozarboyjon, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Belarus kasaba uyushmalari tomonidan o'zaro tajriba almashish maqsadida tashrif uchun takliflar qabul qilindi.

Jamil YaRATOV,
Ta`lim, fan va madaniyat
xodimlari kasaba uyushmasi
Respublika kengashi raisining
yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi

Boshqa xabarlar