KENGAYaYoTGAN DARZ

112

yoxud ajrimlar nega ko'paymoqda?

Keyingi paytlarda «Falonchi ajrashibdi», «Pistonchini eri tashlab ketibdi» kabi nadomatli gap-so'zlar quloqqa tez-tez chalinadigan bo'lib qoldi. Sababini so'rasangiz, «taqdir ekan», «kelisha olmadik», «xarakterimiz to'g'ri kelmadi» va hokazo izohlarni eshitasiz. Hayron qolasan kishi: avvallari ajrashishga juda jiddiy sabab bo'lsagina qo'l urilgan. Hozir esa…

iya qiroli Genrix VIII cherkovda ajrashishni rasman ruxsat etgan ilk davlat rahbari hisoblanadi. Qadimgi Rimning huquqiy bitiklarida «Turmush qurishga daxl qilinmaydi» deb yozib qo'yilgan. Bu davrda faqat jiddiy sababga ko'ra ajrashish mumkin bo'lgan. To'qqizinchi va o'ninchi asrlarda din ta`sirida ajrashish­lar juda kam kuzatilgan. Ta`limotlarga ko'ra, er-xotin birbutunlik deb hisoblanar va ularning ajrashuvi aslo mumkin emas edi. 1603-1868 yillarda faqat erkaklar tomonidan berilgan «ajrashish xatlari» qabul qilingan, ayollarda bunday huquq bo'lmagan.
Afsuski, zamon ilgarilagan sari er-xotin o'rtasidagi munosabatlar zaiflashmoqda.

Sabablari nimada?

Buni, avvalo, yosh bilan bog'lash mumkin. Britaniya byurosi ma`lumotlariga qaraganda, 25-29 yoshdagi oilalar o'rtasidagi ajrim yuqori ko'rsatkichga ega bo'lib, Rossiya miqyosida ajrashish yarim asr avvalgi holatga ko'ra uch baravar oshgan. Bunga sabab­lar:
– xarakter to'g'ri kelmasligi – 27 foiz,
– ro'zg'or tashvishlari – 17 foiz,
– salomatlik tufayli – 13 foiz,
– ichkilikbozlik – 6 foiz,
– ishsizlik – 6 foiz.
Xiyonat, hayotga yengil qarash, sabrsizlik, moddiy qiyinchilik, qarindoshlar bilan kelisholmaslik ham ajrimlarga sabab bo'layotir. Dunyo bo'yicha ajrimlar turmushning ilk besh yilligida hamda yigirma yildan keyin ko'proq kuzatilayotganini nima bilan izohlash mumkin?. Ma`lumotlarga ko'ra, oliy ma`lumotli va 26 yoshdan o'tgandan so'ng oila qurganlar orasida ajrashishlar nisbatan kam. Avstraliyada har uch nikohdan biri ajralish bilan tugaydi. Sog'lik Statis­tikasi Milliy Markazining ma`lumotlariga ko'ra, AQShda ajrashish uchun birinchi bo'lib ariza beradiganlar – ko'proq ayollardir.

Mazkur maqolaning to'liq ko'rinishini «Ishonch» gazetasining  2019 yil  13 avgust 98 – sonida o'qing.

Boshqa xabarlar