Maftunkor tabiat qo'ynida

38

Yakkabog' tumanining so'lim Kenguzar qish­log'ida joylashgan «Istiqlol g'unchalari» bolalar oromgohi hujjatga ko'ra, viloyat davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli bo'lsa-da, oromgoh to'laligicha o'zini o'zi ta`minlaydi.


yo'llanmalardan tushadigan mablag'ni joy-joyiga qo'yib ishlatish, qolaversa, ishchi-xizmatchilarning hamjihatligi tufayli joriy mavsum uchun ham 100 ta o'rin tayyorlandi. 10 jamlanma stol-stul yasaldi. Kosa va likopchalar, qoshiqlar yangilandi. 200 ta kitob sotib olindi. Kitob fondi 1600 tadan oshdi.
– Oromgohda ko'plab ertak kitoblar o'qidim, zerikish nimaligini bilmadik, – deydi dam oluvchi Gulishabnam Hasanova. – Bundan tashqari, raqs va qo'shiqlar o'rgandik. «Quvnoq startlar», «Shiribom» o'yinlarida qatnashib, rosa yayradik.
Bu yil oromgohda rejadagi 1410 nafar o'rniga 1510 nafar o'g'il-qiz dam oldi. O'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida turli uchrashuvlar, tadbirlar uyushtirildi. Jumladan, oromgoh, Vatan, kasb-hunar, kitobsevarlik haqida insholar tanlovi o'tkazildi. Yosh qalamkashlar ota-ona tarbiyasi, ona yurt, go'zal va maftunkor tabiat haqida she`rlar yozishdi. Bo'lajak mo'yqalam ustalari esa rassomchilik tanlovlarida o'z salohiyatini sinovdan o'tkazishdi.
– Bu yerdagi har bir bola bilan suhbat qurib, uning qiziqishlari, fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanishib boraman, – deydi oromgoh direktori Abdug'ani Boqiev. – Eng muhimi, bolajonlar «Istiqlol g'unchalari»da o'tgan har bir daqiqani qadrlashga, undan unumli foydalanishga yo'naltirilgan.

Akmal ABDIEV,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar