Tashkiliy ishlar boshlandi

72

Gazetaning shu yil 18 iyuldagi sonida chop etilgan «Ulug' uchinchi daryo…» yoki Otajon Xudoyshukurov merosi munosib e`zozdami?» sarlavhali maqolaga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi quyidagicha munosabat bildirdi:

Joriy yilning 16 avgust kuni Ellikqal`a tumanining Bo'ston shahrida ardoqli san`atkor, O'zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog'iston va Tataris­ton xalq artisti Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag'ishlangan xotira kechasi, 3-6 oktyabr kunlari esa To'rtko'l shahrida «Ona diyor kuychisi» deb nomlangan yosh iste`dod sohiblarining milliy qo'shiqchilik, estrada, baxshi-jirovlar va yosh shoirlar Respublika ko'rik-festivalini o'tkazish bo'yicha tegishli tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, To'rtko'l tumani hokimligi joriy yilning 10 avgustidan boshlab «Turon bulbuli» qo'shiq ijrochilari teletanlovini o'tkazmoqda.
Otajon Xudoyshukurov uy muzeyi uchun yangi imorat qurish bo'yicha To'rtko'l tumani hokimligi, ixtisoslashtirilgan maxsus maktabga hofiz nomini berish bo'yicha esa Ellikqal`a tumani hokimligi tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi raisi
o'rinbosari M.Jumanov

Boshqa xabarlar