Ta`lim fidoyilari sanatoriylarda

45

Ayni vaqtda Farg'ona viloyatining tuman va shaharlarida yosh avlod vakillariga saboq berib kelayotgan 135 nafar ta`lim fidoyisi ayni payt­­da «Chimyon», 80 nafarga yaqin o'qituvchi «Zilol» sihatgohida hordiq chiqarmoqda.

– 32 yildan buyon yoshlarga tarix fanidan dars beraman, – deydi Rishton tumanidagi 20-umumta`lim maktabi o'qituvchisi Foziljon Asqarov. – Kasaba uyushmalari ajratayotgan imtiyozli yo'llanmalar asnosidagi dam olishimiz ertangi faoliyatimiz uchun poydevor bo'ldi desam, yanglishmayman. «Chimyon»da dam olib qaytgach, yangicha kuch, yangicha g'ayrat va shijoat bilan o'quv yilini boshlaymiz.
– Kasaba uyushmalari bizni doimo qo'llab-quvvatlab keladi, – deydi Uchko'p­rik tumanidagi 24-umumta`lim maktabi o'qituvchisi Shahzodaxon Ahmadjonova. – Mana, yana kasaba uyushmasi ko'magida «Chimyon» sanatoriysida kerakli muolajalarni ol­yapmiz. Bu yerda o'tkazilayotgan turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar, konsertlar vaqtimizning yanada mazmunli o'tishiga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, Shohimardon, Qo'qon kabi shaharlarga sayohatlar ham tashkil etilmoqda.
– Boshqa kasb egalaridan farqli o'laroq ta`lim fidoyilari yilning iyun-avgust oylarida mehnat ta`tiliga chiqadi, – deydi Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Res­publika kengashining Farg'ona viloyati bo'yicha mas`ul tashkilotchisi Lolaxon Ahmedova. – O'n oy davom etgan ish jarayoni, aqliy mehnat har qanday insonni toliqtiradi. Maqsadimiz – ta`lim jonkuyarlariga munosib mehnat sharoitini yaratib berish, salomatlik­larini mustahkamlashdan iborat. Shuning uchun ham ularning salomatligiga jiddiy ­e`tibor qaratib kelyapmiz. Hozirgacha viloyatdagi umumta`lim maktab­larining 1400 nafardan ziyod o'qituvchilari sanatoriylarda sog'liqlarini mustahkamladi.

Jamshid ERGAShEV,
«Ishonch»

Boshqa xabarlar