O'ZBEKISTON VA BELARUS PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

33

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat ­Mirziyoev 31 avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoni tug'ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.
Belarus Prezidenti, o'z navbatida, iliq qutlov uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbarini va ko'p millatli O'zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan ­tabrikladi.
Tomonlar serqirra O'zbekiston – Belarus munosabatlari bugungi kunda yuqori sur`atlar bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining roppa-rosa bir oy avval Belarus Res­publikasiga amalga oshirgan ilk rasmiy tashrifining samarali natijalari ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilgani, uni aniq mazmun bilan ­boyitgani ta`kidlandi.
Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, inves­tisiyaviy, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda imzolangan bitimlarni o'z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezidentlar O'zbekis­ton Respublikasi va Belarus Res­publikasi o'rtasidagi do'stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko'lamli hamkorlik va ustuvor yo'nalishlarda ko­operasiyani kengaytirish borasida intilishlari qat`iy ekanini ta`kidladilar.

O'zA

Boshqa xabarlar