Xotira abadiy, qadr muqaddas

41

Qarshi shahrida O'zbekiston Respublikasining ­Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali oldida davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, fan, madaniyat, adabiyot, san`at namoyandalari va yoshlar jam bo'ldi.

Viloyat hokimi Zafar Ro'ziev boshchiligidagi jamoatchilik vakillari Islom Karimov haykali poyiga gullar qo'ydi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
– O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, xalqimizning atoqli farzandi Islom Karimov faoliya­tida Qashqadaryoga rahbarlik qilgan davr alohida o'rin tutadi, – deydi viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi Eson Rajabov. – Viloyatni tanazzuldan chiqarib, yuksalish sari boshlagan Islom Abdug'anievich Karimov bu zaminga alohida farzandlik mehri bilan qarar edi. Qashqadaryo aholisi viloyat mustaqillik yillarida iqtisodiy barqaror, sanoati rivojlangan hududga aylanib, aholi turmush darajasi muttasil o'sib borayotgani, bunyodkorlik, xalqimiz farovonligini yuksaltirish bilan bog'liq barcha ezgu ishlar Islom Karimov nomi bilan bog'liq ekanini chuqur his qiladi.
Mardlik, olijanoblik fazilatlari bilan el-yurtga mehr va sadoqat timsoli bo'lib qolgan Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

O'lmas BAROTOV,
O'zA muxbiri

Boshqa xabarlar