BOYoVUT TUMANIDA PAXTA HOSILI YIG'IM-TERIMI BOShLANDI

114

Sirdaryo  viloyati  Boyovut  tumanida  bugun,  5  sentyabrdan  paxta  hosili  yig'im-terim  ishlari  boshlandi. 

Mavsum  boshlanishi munosabati bilan Boyovut  paxta tozalash  korxonasida tashkil etilgan “Hosil  karvoni”  tadbirida viloyat  va  tuman  sektor rahbarlari, mehnat faxriylari, keksa nuroniylar, fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok  etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan viloyat  hokimi  G'ofirjon  Mirzaev  hosil  xirmonini bunyod etishda yakdillik  bilan  zafar  quchishga  tilak  bildirdi. 

– Hududlarda  paxta  mavsumi  davomida  majburiy  mehnatning   har  qanday    ko'rinishlari  yuz  berishining  oldini  olish   uchun   tushuntirish,  targ'ibot  ishlari  olib  borilmoqda, – deydi  Agrosanoat   majmui  xodimlari kasaba  uyushmasi Respublika  kengashining  viloyatdagi  mas`ul  tashkilotchisi  Hayitboy  Farmonov. – Kasaba  uyushmalarining   mavsum   oldidan  bu  kabi   tushuntirish  berishi  mehnat  muhofazasi,  xalqaro  me`yoriy  hujjatlarga  rioya  etilishi  va   mehnatkashlarning haq-huquqlarini  himoya  qilish kabi  asosiy  vazifalar   bajarilishini   ta`minlaydi.

                                                  Ozoda  MAMADALIEVA,

                                                       ishonch.uz

Boshqa xabarlar