Masala o'rganib chiqilmoqda

55

«Ishonch» gazetasining shu yil 17 avgustdagi sonida huquqshunos Abdurahmon Hamidovning «Imtiyozlar faqat puldorlargami?» sarlavhali maqolasi e`lon qilingan edi.

Mazkur maqolaga O'zbekiston Respublikasi Konstitusiya­viy sudi tomonidan quyidagicha javob keldi:
Huquqshunos Abdurahmon Hamidovning «Imtiyozlar faqat puldorlargami?» sarlavhali maqolasi o'rganib chiqildi.
Maqolada muallif Konstitusiyaviy suddan O'zbekiston ­Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabr­dagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yo'l harakati qoidalari» 3-ilovasining 7.3.- bandi va O'zbekistan ­Respublikasi «Ma`muriy javobgarlik to'g'risida»gi kodeksi 126-moddasining O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiqligini tekshirishni so'ragan.
Konstitusiyaviy sud qonunga muvofiq kollegial organ bo'lib, vakolati, taalluqli har qanday masalani faqat sud majlisida ko'rib chiqib, qaror qabul qilish yo'li bilan hal qiladi.
«O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi Konstitusiyaviy qonunning 25-moddasiga muvofiq ­quyidagilar Konstitusiyaviy sud majlisida ko'rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman);
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to'rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari umumiy sonining kamida to'rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
Konstitusiviy sudning kamida uch nafar sudyasi tashabbusi bilan ham Konstitusiviy sudda ko'rib chiqish uchun masala kiritilishi mumkin.
Ushbu davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan shu kungacha maqolada ko'rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga muvofiqligini aniqlashni so'rab, Konstitusiyaviy sudga masala kiritilmagan.
Hozirgi kunda maqolada ko'tarilgan masalani sudyalar tashabbusi bilan sud majlisiga kiritilishi Konstitusiyaviy sudda o'rganib chiqilmoqda.

Rais o'rinbosari          A.G'afurov
Boshqa xabarlar