FARZANDLARIMIZ BIZDAN KO'RA BAXTLI YaShASIN

34

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasida “Sog'lom avlod uchun” xayriya fondi tomonidan “Farzandlarimiz bizdan ko'ra baxtli yashasin” mavzusida tashkil etilgan konferensiya Islom Karimov haykali poyiga gul qo'yish marosimi bilan boshlandi.

Tadbir ochilishida “Sog'lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya fondi prezidenti Tatyana Karimova ishtirokchilarni istiqlolning 28 yilligi bilan qutladi.

Konferensiyada fond xodimlarining mustaqilligimizni mustahkamlash, aholi salomatligini yaxshilash, sog'lom farzand dunyoga kelib, kamol topishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo'llab-quvvatlash va boshqa bir qator tadbirlarda davlat organlari bilan hamkorlikda elkama-elka xizmat qilishayotgani alohida ta`kidlandi.

– Mamlakatimizda yosh avlodning jismonan sog'lom, ma`nan barkamol insonlar bo'lib voyaga yetishi uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi “Sog'lom avlod uchun” xayriya fondi Samarqand viloyati filiali rahbari Rahima Rahmonova. – Bunda fondning ham alohida hissasi borligidan ko'nglimiz ko'tariladi. Kimgadir ozgina bo'lsin nafimiz tekkanidan suyunamiz. Bu kuchimizga kuch, ishimizga unum beradi.

Shundan so'ng Rossiya Federasiyasining “LUKOIL Overseas Uzbekistan Ltd” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyati tibbiy ijtimoiy yordam brigadasi faoliyati uchun ajratilgan tibbiyot uskunalar bilan jihozlangan «HYUNDAI HI AMBULANCE» avtomashinasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda faxriylar va ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Konferensiya doirasida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi.

Komila BOYMURODOVA,

Ishonch

Boshqa xabarlar